Mahmud Nedim posho () gruzin millatiga mansub, Usmoniylar davlat arbobiBuṭrus Abū Mannah (2001), Studies on Islam and the Ottoman Empire in the 19th century, 1826-1876, p. 163. Isis Press, . 1871–1872-yillar hamda 1875–1876-yillar oraligʻida Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri.

Hayoti Mahmud Nedim posho Bagʻdodning bosh hokimi Mehmed Necib poshoning oʻgʻli edi. Usmoniylar saroyida turli past lavozimlarda ishlagach, Tashqi ishlar vazirligida davlat kotibi oʻrinbosari, keyinchalik Damashq va Izmir (Smyrna) viloyati bosh hokimi, savdo vaziri hamda Tripolining bosh hokimi boʻlib xizmat qildi. 1869-yilda posho navbatma-navbat adliya vaziri va dengiz floti vaziri lavozimlarida faoliyat olib bordi. Nihoyat, 1871–1872 va 1875–1876-yillarda Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri boʻlib ishladi

Posho sulton Abdulazizning ishonchi va eʼtiborini qozongan, biroq 1877–1878-yillardagi rus-turk urushi arafasida Usmoniylar imperiyasidagi qudratli Rossiya elchisi general Nikolay Pavlovich Ignatievning kuchli taʼsiri ostida qolgan. Rossiyaga haddan tashqari itoatkorligi tufayli unga „Nedimoff“ laqabi berilgan. Uning boshqaruvi deyarli barcha jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻlgan. Nedim posho 1879-yildan 1882-yil oxirigacha bosh vazir va ichki ishlar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Manbalar

Turkum:1883-yilda vafot etganlar Turkum:Sidonning Usmoniy hokimlari Turkum:Damashqning Usmoniy hokimlari Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan gruzinlar Turkum:Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari