Parij moda haftaligi () – har yili ikki marta, bahor/yoz va kuz/qish mavsumlari uchun oʻtkaziladigan dizaynerlar namoyishlari turkumi. Tadbirlar sanasi Fédération de la Haute Couture et de la Mode (Yuqori moda federatsiyasi) tomonidan belgilanadi. Parij moda haftaligi shahar boʻylab turli joylarda oʻtkaziladi. Namoyishlar Nyu-York, Milan va London moda haftaliklari bilan bir qatorda dunyodagi „yirik toʻrtlik“ moda haftaliklaridan biri hisoblanadi.

Tayyor liboslar namoyishlaridan tashqari har yili erkaklar modasi koʻrgazmasi va Haute couture (yuqori moda) koʻrgazmalari ham oʻtkaziladi. Ular har mavsumda yaʼni bahor/yoz va kuz/qish mavsumlari uchun yiliga ikki marta tashkil etiladi. Haute couture kolleksiyalari har doim tayyor liboslar kolleksiyalaridan avval taqdim etiladi va har bir mavsumda jami 100 dan ortiq kolleksiya namoyish etiladi"Paris Fashion Week." FashionUnited, fashionunited.com/landing/paris-fashion-week. Accessed 02 Nov. 2023.. Bundan tashqari, har yili Dior, Chanel, Louis Vuitton, Kenzo, Givenchy va Céline kabi mashhur brendlar oʻz kolleksiyalarini Carrousel du Louvre va Grand Palais kabi tarixiy joylarda namoyish etadilar.

Parij moda haftaligi mezonlari Ishtirok etish uchun modalar uylari Chambre Syndicale de la Haute Couture modalar federatsiyasi tomonidan belgilangan mezonlarga javob berishlari kerak. Masalan, yiliga kamida 35 ta libos, jumladan, kundalik va kechki liboslardan iborat kolleksiya taqdim etish talabi mavjud. Ushbu talabni faqat oz sonli modalar uylari bajara oladi, shu sababli haute couture moda koʻrgazmalarida ishtirok etuvchilar soni ham kam boʻladi. Shunday qilib, ishtirok etish imkoniga ega boʻlganlar orasida Chanel va Alexander McQueen kabi mashhur yuqori moda brendlari bilan bir qatorda Maxime Simöens va Eymele Burgaud kabi yosh dizaynerlar ham mavjud.

Yana qarang

Moda haftaligi

Manbalar

Havolalar Parij moda haftaligining rasmiy sayti

Turkum:Moda haftaliklari Turkum:Parijdagi yillik tadbirlar Turkum:Parij modasi Turkum:Fransiyadagi moda tadbirlari