Deli Abdulloh posho yoki Abdulloh Hamdulloh posho – Mahmud II hukmronligi davrida 1822-yil noyabr oyidan 1823-yil mart oyigacha sadr vazir boʻlib xizmat qilgan.

Abdulloh 1809-yildan 1815-yilgacha bostancıbaşı (saroy xavfsizligi boshligʻi) lavozimida xizmat qilgan. 1819-yil iyul oyida kapudan posho (bosh qoʻmondon) etib tayinlangan, biroq 1821-yil noyabr oyida isteʼfoga chiqqan. Kapudan posho boʻlgan davrida yaʼni 1820-yilda fransuzlar tomonidan „Venus de Milo“ haykalini sotib olish bilan bogʻliq masalalarni hal etuvchi buyruqni imzolagan. Shuningdek, Abdulloh posho bir vaqtlar Afyonkarahisar sancagining hokimi va Bosforning Onadoʻli qirgʻogʻi muhafizi (qoʻriqchisi) sifatida faoliyat yuritgan.

1822-yil 10 yoki 11-noyabrda Abdulloh posho bosh vazir etib tayinlanib, ilgari katta taʼsirga ega boʻlgan Halet Afandining tarafdorlarini aniqlab, ularni lavozimdan chetlatish vazifasini olgan. Shuningdek, unga Halet Afandini qatl ettirish buyrugʻi ham berilgan. Abdulloh posho bu vazifalarni bajarganidan soʻng 1823-yil 30-martda bosh vazir lavozimidan ozod etilgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bunga sabab uning yanicharlarni nazorat ostiga ololmagani boʻlgan.

Manbalar

Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari