Lin-Manuel Miranda (talaffuzi:mænˈwɛl; 1980-yil 16-yanvarda tugʻilgan) – amerikalik qoʻshiqnavis, aktyor, xonanda, kinorejissyor, repper va libretto muallifi. Broadway sahnasi uchun yaratilgan mashhur In the Heights hamda Hamilton musiqiy asarlarining muallifi sifatida tanilgan. Shuningdek, u „Moana“, „Vivo“ va „Encanto“ kabi mashhur animatsion filmlar uchun saundtreklarni yaratgan. Miranda oʻz ijodi davomida yirik mukofotlarga sazovor boʻlgan. U Pulitzer mukofoti (Drama yoʻnalishida), uchta Tony mukofoti, ikkita Laurence Olivier mukofoti, ikkita Emmy mukofoti, hamda beshta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, u ikki marotaba Oskar (Akademiya mukofotlari) mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 2018-yilda Lin-Manuel Miranda Kennedy markazi mukofotini qabul qilib olgan. Umumiy hisobda, u hozirgacha 14 ta yirik mukofotni qoʻlga kiritgan.

Lin-Manuel Miranda Broadway sahnasidagi ilk chiqishini 2008-yilda amalga oshirdi. U shu yili yozgan va bosh rolni ijro etgan In the Heights musiqiy asari bilan tanildi. Ushbu spektakl „Eng yaxshi musiqiy asar“ va „Eng yaxshi original musiqiy partitura“ yoʻnalishlarida Tony mukofotini qoʻlga kiritdi, shuningdek, „Eng yaxshi musiqiy teatr albomi“ uchun Grammy mukofoti bilan taqdirlandi. Keyinchalik, mazkur asar asosida 2021-yilda shu nomdagi badiiy film suratga olindiGans, Andrew. „The First Trailer for Lin-Manuel Mirandaʼs In the Heights Movie, Starring Anthony Ramos, Is Here“ Playbill, December 12, 2019. Miranda 2015-yilda yana Broadwayga qaytib, tarixiy asosga ega mashhur Hamilton musiqiy asarini yaratdi. U nafaqat asarning ssenariysi, musiqasi va matnini yozdi, balki bosh rollardan birini ham ijro etdi. Spektakl tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. Hamilton dramaturgiya sohasida eng nufuzli mukofotlardan biri – Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u 16 ta Tony mukofotiga nomzod boʻlib, 11 tasini qoʻlga kiritdi, shu jumladan Mirandaga ilk bor „Eng yaxshi musiqiy asar kitobi“ uchun mukofot keltirdi. Spektaklning ijrochilar albomi ham katta muvaffaqiyat qozondi: u Billboard’ning „Top Rap Albums“ reytingida 10 hafta davomida birinchi oʻrinda turdi va 2010-yillarning eng koʻp sotilgan oʻn birinchi albomi sifatida tarixga kirdi.

Filmografiyasi + Yil Sarlavha Rol Izoh 1996 2012 2013 2015 Shag Kava (ovozi) Cameo appearanceShuningdek, taniqli bastakor va lirik 2016 Oʻzini Qisqa metrajli Bastakor, lirik va qo‘shiqchi 2017 2018 Jack 2019 Resistance Soldier Kameo ko‘rinishi; shuningdek, maxsus tanlangan bastakor 2020 Alexander Hamilton Shuningdek, yozuvchi, bastakor, lirik va prodyuser Oʻzining roli Hujjatli film 2021 Hujjatli film; shuningdek ijrochi prodyuser Piragüero Shuningdek, bastakor, lirik va prodyuser Oʻzini Hujjatli film Vivo (ovozi) Shuningdek, bastakor, lirik va ijrochi prodyuser Moondance cook Kameo ko‘rinishi; rejissyor va prodyuser Archived on 11 December 2022. Bastakor, lirik va hikoyanavis 2022 Shifokor Prodyuser 2023 Lirik va prodyuser 2024 Kompozitor va lirik

Manbalar

Havolalar

Turkum:Primetime Emmy mukofoti sovrindorlari