Bar Refaeli (; 1985-yil 4-iyunda tugʻilgan) – isroillik model, aktrisa va tadbirkor ayol. Xalqaro darajada katta muvaffaqiyat qozongan isroillik mashhur modellardan biri boʻlib, 2009-yilda Sports Illustrated Swimsuit Issue jurnali muqovasida uning surati paydo boʻlgan. 2012-yilda Maxim jurnalining „Hot 100“ roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan. Teleboshlovchi sifatida 2013-yildan beri The X Factor Israel shousini olib bormoqda. 2019-yilda boshlovchi sifatida Tel-Avivda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovini ham olib borgan.
2015-yilda uning boyligi 20 million AQSh dollari deb baholangan. 2013-yilda Forbes Israel jurnali maʼlumotiga koʻra, Refaeli Isroildagi eng koʻp haq oladigan model boʻlgan.
Yoshlik davri left|thumb|1990-yilda besh yoshli Refaeli onasi Tzipi bilan Refaeli Isroilning Hod HaSharon shahrida dunyoga kelgan va yahudiylar oilasida ulgʻaygan. Ibroniy tilida uning ismi „yovvoyi“ (tabiat, yovvoyi tabiat maʼnosida), familiyasi soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Xudoyim shifo beradi“ degan maʼnoni anglatib, Injildagi farishta Raphael nomidan kelib chiqqan. Uning ota-onasi ham Isroilda tugʻilgan, bobosi va buvilari esa Italiya, Litva va Polshadan koʻchib kelgan yahudiy muhojirlar edi. Otasi Refael „Rafi“ Refaeli ilgari otxona egasi boʻlgan, onasi esa 1970-yillarda oʻzining qizlik familiyasi Tzipora „Tzipi“ Levine nomi ostida modellik bilan shugʻullangan. Refaelining ikki ukasi boʻlib, On Refaeli aktyor va model, Dor Refaeli esa tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Shuningdek, onasining birinchi turmushidan Nil Ben-Porat ismli oʻgay akasi ham bor.
Karyerasi thumb|18 yoshli Refaeli, 2003-yil Refaeli sakkiz oyligidan modellik faoliyatini boshlagan va ilk bor reklamalarda paydo boʻlgan. 12 yoshida tishini tekislatish jarayoni tufayli uning modellik faoliyati toʻxtab qolgan, biroq 15 yoshida yana bu faoliyatiga qaytgan. 2000-yilda Isroil moda mukofotlari marosimida Refaeli „Yil modeli“ unvoniga sazovor boʻlgan. U Castro va Pilpel moda brendlarining reklama koʻrgazmalarida faol qatnashgan.
Refaeli Chanel, Escada, Ralph Lauren, Desigual, Andrew Marc, Victoria’s Secret, Marks and Spencer, Gap, Moët & Chandon, Hurley, Rampage, True Religion, Lucky Brand, Accessorize, Passionata, Fox, Reebok, Sears, Arrow, Besni, Marco Bicego va Agua Bendita brendlarining reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. Shuningdek, u moda bilan bogʻliq boʻlmagan brendlar, jumladan, Garnier Fructis, Samsung va Subaru reklama kampaniyalarida ham suratga tushgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Isroillik LGBTQ huquqlari faollari Turkum:Isroillik yahudiy aktrisalar Turkum:Yahudiy ayol modellar Turkum:21-asr isroillik tadbirkor ayollar Turkum:21-asr isroillik tadbirkorlar Turkum:Isroillik ayol modellar Turkum:21-asr isroillik aktrisalar