al-Ansoriy, Abul Qosim Salmon ibn Nosir ibn Imron al-Argʻiyoniy an-Nisoburiy as-Sufiy ash-Shofi’iy (Abu al-Qosim al-Ansoriy () nomi bilan tanilgan) – fors sunniy ulamosi. Islom oltin asrida ashʼariy ilohiyot olimi, shofiʼiy huquqshunosi, muhaddisi, tafsirchi va tasavvufchisi sifatida tanilgan. Imom al-Haramayn al-Juvayniyning mashhur shogirdi boʻlgan. U Sayf an-Nazr (, „Zakovat qilichi“) sifatida eʼtirof etilgan.
Shofi’iy mazhabidagi ulamo sifatida uning tadqiqotlari islom ilohiyoti, Usul ad-din (eʼtiqod asoslari), Shofiʼiy fiqhi, tasavvuf, Qur’on tafsiri va hadis ilmi sohalarini qamrab oladi. Eng koʻzga koʻringan shogirdlari orasida „Al-Milol va an-Nihol“ muallifi ash-Shahrosoniy va „Kitob al-Ansob“ muallifi Ibn as-Sam’oniy bor edi. Abbosiylar xalifaligi davrida hijriy V asrning ikkinchi yarmidan Islom taqvimining VI asr boshlari orasida yashab oʻtgan.
Manbalar
Turkum:Ashʼariylar Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Sunniy soʻfiylar Turkum:11-asr musulmon teologlari Turkum:Hadis ulamolari Turkum:Qurʼon tafsirchilari Turkum:1040-yilda tugʻilganlar Turkum:1118-yilda vafot etganlar