thumb|265x265px|Crawford 1995-yilda Cynthia Ann Crawford (1966-yil 20-fevralda tugʻilgan) – amerikalik model. 1980 va 1990-yillarda eng mashhur supermodellardan biri boʻlib, uning suratlari turli jurnal muqovalarida namoyon boʻlgan, shuningdek, podiumlarda hamda moda koʻrgazmalarida doimiy ravishda koʻrinish bergan. Keyinchalik, aktrisalik faoliyati va biznes loyihalari bilan ham shugʻullangan.

Yoshlik davri Cindy Crawford 1966-yil 20-fevralda Illinoys shtatining DeKalb shahrida Daniel Kenneth Crawford va Jennifer Sue Crawford-Moluf (qizlik familiyasi Walker) oilasida dunyoga kelgan. Uning Chris va Danielle ismli ikki singlisi, Jeffery ismli ukasi boʻlgan, biroq ukasi 3 yoshida kasallikdan vafot etgan.

Crawford ijtimoiy tarmoqlarda oilasi bir necha avlodlardan beri AQShda yashab kelishini, nasabida, asosan, nemis, ingliz va fransuz ildizlari borligini aytgan. U New Havendagi Kongregatsion cherkovini tashkil etishda yordam bergan ingliz puritani Thomas Trowbridjning avlodi hisoblanadi. 2013-yilda Crawford „Who Do You Think You Are?“ () nomli koʻrsatuvda ishtirok etarkan, uning ajdodlari orasida Yevropa zodagonlari boʻlganini, hatto u Charlemagnening avlodi ekanligi aniqlangan.

Shaxsiy hayoti Crawford 1991-yilda aktyor Richard Gere bilan turmush qurgan, biroq 1995-yilda u bilan ajrashgan. 1998-yil 29-mayda esa model tadbirkor va sobiq model Rande Gerberga turmushga chiqqan. Ularning Presley Walker Gerber (1999) ismli oʻgʻli hamda Kaia Jordan Gerber (2001) ismli qizi bor. 

2021-yil avgust oyida er-xotin Beverly Hills shahrining Trousdale Estates mahallasida joylashgan uyini 13,5 million AQSh dollarga sotgani xabar qilingan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Cindy Crawford Internet Archiveda

Crawford Music Televisionda (House of Style) Playboy Interview: Cindy Crawford

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ayol filantroplar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerika film aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik xristianlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Illinoislik ayol modellar Turkum:Amerikalik protestantlar Turkum:Illinoislik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar