Fransuz Ittifoqi () — Fransuz mustamlaka imperiyasini isloh qilish uchun To‘rtinchi Fransiya Respublikasi tomonidan tuzilgan siyosiy tuzilma.

Tarixi Fransuz Ittifoqi 1946-yil 27-oktyabrda Konstitutsiyaning VIII moddasiga muvofiq tashkil etilgan. Fransuz koloniyalari departamentlar va dengiz ortidagi hududlarga aylantirildi, hududlardagi fuqarolarning yuridik maqomi oʻzgardi.

1958-yilda Beshinchi Respublika tuzilgach, Fransuz ittifoqi Fransuz hamjamiyatiga aylantirildi.

Tarkibi Fransuz Ittifoqi metropoliya, dengizorti departamentlar, dengizorti hududlar, assotsiatsiyalashgan hududlar va assotsiatsiyalashgan davlatlardan iborat edi:

Fransiya metropoliyasi Dengizorti departamentlar (les départements d’outre-mer): Gvadelupa Martinika Gviana Reyunion Dengizorti hududlar (les territoires d’outre-mer): Fransuz Gʻarbiy Afrikasi (Gʻarbiy qirgʻoqlari) Mavritaniya Senegal Gvineya Sudan (Mali) (Janubi-gʻarbiy qirgʻoqlari) Kot-d'Ivuar Dagomeya (Benin) Yuqori Volta (Burkina-Faso) Niger Fransuz Ekvatorial Afrikasi Chad Ubangi-Shari (MAR) Kongo Gabon Madagaskar Fransuzlarning Hindistondagi mulklari Fransuz Somalisi (Jibuti) Komor orollari Yangi Kaledoniya Fransuz Polineziyasi Sen-Pyer va Mikelon Jazoir (Jazoir, Oran, Konstantina departamentlari va Janubiy hududlar) Assotsiatsiyalashgan hududlar (les territoires associés): Togo Kamerun Assotsiatsiyalashgan davlatlar (États associés): Protektorat davlatlar (Marokash protektorati, Tunis protektorati) Fransuz ittifoqi tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan edi, biroq ular bunga rozi bo‘lmadi. Ular uchun mo‘ljallangan o‘rinlar Fransuz ittifoqi Assambleyasida hech qachon egallanmadi. 1956-yilda ular mustaqil davlatlarga aylandilar. Sobiq Fransuz Hindxitoyi uchta assotsiatsiyalashgan davlatga aylantirildi: Vyetnam davlati (1949-yil 14-iyunda mustaqilligi e’lon qilingan, 1954-yil 20-iyuldagi Jeneva bitimlariga muvofiq Fransuz ittifoqidan chiqqan). Kambodja Qirolligi (mustaqillik — 1953-yil 9-noyabr, Jeneva bitimlariga muvofiq Fransuz ittifoqidan chiqqan). Laos Qirolligi (1949-yil 19-iyulda mustaqilligi e’lon qilingan, To‘rtinchi Respublika tugaguniga qadar Fransuz ittifoqi tarkibida qolgan).

Tuzilmasi Fransuz ittifoqining tuzilishi Fransiya Konstitutsiyasining 63-72-moddalari bilan belgilandi. U Fransuz Ittifoqi Prezidenti, Fransuz Ittifoqi Oliy Kengashi va Fransuz Ittifoqi Assambleyasidan iborat edi.

Fransuz ittifoqi Prezidenti Fransiya Respublikasi Prezidenti edi. Oliy Kengash (Haut Conseil) Fransiya hukumati va aʼzo davlatlar vakillaridan iborat edi. U Fransiya hukumatiga ittifoq bilan bogʻliq masalalarda yordam bergan. Assambleyaning yarmi (Assemblée de l’Union) Fransiya metropoliyasi vakillari, qolgan yarmi - dengizorti departamentlar, dengizorti hududlar va assotsiatsiyalashgan davlatlar vakillari edi. Manbalar

Turkum: Fransiya