Sergey Valentinovich Kazankov (; 1957-yil 26-iyunda Turkmaniston SSRda tugʻilgan) – sovet va turkmanistonlik sobiq futbolchi, futbol murabbiyi. U SSSR sport ustasi hamda Turkmanistonning xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Kazankov Turkmaniston milliy terma jamoasida ham oʻynagan.
Futboldagi faoliyati Futbolchilik faoliyati U oʻyinchilik faoliyatini birinchi ligada oʻynagan „Kolxozchi“ jamoasida boshlagan. 1979-yilda Turkmaniston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining yozgi Spartakiadasida ishtirok etgan. 1982-yilda „Kolos“ (Nikopol) jamoasiga oʻtib, u yerda oʻzini samarali hujumchi sifatida namoyon qildi. „Dnepr“ murabbiylarining eʼtiborini tortib, Dnepropetrovskka taklif etildi. Biroq, u jamoada oʻrnasha olmadi va yana „Kolos“ga qaytib, u yerda bir necha muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazdi.
1989-yilda 2-ligada „Axal-SOP“ uchun oʻynadi. 1990-yilda faol chiqishlarni toʻxtatib, Turkmaniston SSR chempionatida TXHT uchun oʻynadi, bir vaqtning oʻzida Ashxobodda taksi haydovchisi boʻlib ishladi.
1992-yilda Turkmaniston oliy ligasida oʻynab, dastlabki turlardan boshlab toʻpurarlar orasida peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. 1992-yilgi chempionatning eng yaxshi toʻpurari boʻlib, 41 ta gol urdi.
Terma jamoada 1992-1993-yillarda Turkmaniston terma jamoasi safida oltita oʻyin oʻtkazdi.
Murabbiylik faoliyati Faoliyatining soʻngida murabbiylikka oʻtdi. Kazankovning shogirdlari orasida Vladimir Bayramov ham bor. 1999-yilda „Kopetdag“ jamoasi bilan ishlagan.
Shaxsiy hayoti Oʻgʻli Maksim Kazankov Moskvaning „Saxalinets“ futbol klubida yarim himoyachi boʻlib oʻynamoqda.
Yutuqlar va mukofotlar
Futboldagi yutuqlar Kolos Nikopol
SSSR birinchi ligasi chempionatining bronza medali sohibi: 1982-yil
Murabbiylik yutuqlari Kopetdog Ashxobod
Turkmaniston kubogi gʻolibi: 1998/99
Shaxsiy yutuqlar
Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurar: 1992-yil (41 ta gol)
Davlat mukofotlari
Sport ustasi unvoni
Manbalar
Havolalar Sergey Kazankov Footballfakts saytida
Sergey Kazankov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Elektrometalurh-NZF Nikopol futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Kopetdag futbol klubi murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Taksi haydovchilari