Putrajaya (, (Putrajaya: putra — shahzoda, jaya — shonli) – Malayziyaning maʼmuriy markazi. Kuala-Lumpurdan 20 km janubda joylashgan.
1995-yil 19-oktyabrda tashkil etilgan. 1999-yil oxiridan beri bu yerda Bosh vazirning ishchi qarorgohi va hukumat joylashgan. Asli kelib chiqishi shahzoda boʻlmish birinchi bosh vazir Abdul Rahmon sharafiga shunday nomlangan. Federal hudud maqomiga ega.
Maydoni 49 km2. Aholisi – 55 ming kishi (2009)Putrajaya — в: Погадаев, В. Малайский мир (Бруней, Индонезия, Малайзия, Сингапур). Лингвострановедческий словарь. М.: «Восточная книга», 2012, с. 532.
Diqqatga sazovor joylar: botanika bogʻi, Putra masjidi, Putra koʻprigi, Mingyillik monumenti.
2001-yilda Putrajaya bayrogʻi tasdiqlandi. Manbalar
Havolalar
Putrajayaning diqqatga sazovor maskanlari
Turkum:Malayziya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar