Muhammad an-Nosir (; Rademacher, Cay: Der Kampf um Spanien.–1213) – 1199-yildan to vafotiga qadar hukmronlik qilgan toʻrtinchi Muvahhidlar xalifasiÉvariste Lévi-Provençal, al-Nāṣir.. Zamonaviy nasroniylar uni Miramamolin deb atashgan.

1199-yil 25-yanvarda an-Nosirning otasi Abu Yusuf Yoqub al-Mansur vafot etdi. Oʻsha kuni an-Nosir yangi xalifa deb eʼlon qilindiÉvariste Lévi-Provençal, al-Nāṣir.. Otasining Pireney yarim orolida (Al-Andalus) nasroniylarga qarshi gʻalabalari tufayli an-Nosir bu jabhadagi jiddiy tahdidlardan vaqtincha xalos boʻlgan edi va butun eʼtiborini Banu Gʻaniya tomonidan Ifriqiyani (Tunisni) bosib olishga qaratilgan urinishlarni bostirishga qaratdi. Shundan soʻng saltanatning boshqa hududlaridagi muammolar bilan shugʻullanish zarurati tugʻilgach, u Abu Muhammad ibn Abu Hafsni Ifriqiya hokimi etib tayinladi va shu tariqa u yerda beixtiyor 1574-yilgacha davom etgan Hafsiylar sulolasiga asos soldi.

Sulola Endilikda an-Nosir eʼtiborini yana Pireney yarim oroliga qaratishga majbur boʻldi, chunki Papa Innokent III Kastiliya qiroli Alfonso VIII ning iltimosiga koʻra salib yurishini eʼlon qilgan edi. Natijada, u 1212-yilda Las Navas de Tolosa jangida nasroniylar itiifoqiga qarshi jangda magʻlubiyatga uchradi. An-Nosir keyingi yili vafot etdi va uning oʻrniga Qamar ismli nasroniy choʻridan tugʻilgan yosh oʻgʻli Yusuf al-Mustansir xalifa boʻldi.

Angliya qiroli John bilan munosabatlar XIII asrning boshlarida Angliya qiroli John Papa Innokent III bilan kelishmovchiligi ortidan katta bosim ostida qoldi, chunki shu nizo tufayli Angliya cherkov interdiktiga qoʻyildi, yaʼni barcha diniy marosim va ibodat shakllari taqiqlab qoʻyildi. Johnning oʻzi esa cherkovdan quvildi, mamlakatning ayrim hududlarida qoʻzgʻolonlar boshlandi va fransuzlarning bosqin uyushtirish xavfi paydo boʻldi.

Ushbu voqealardan yigirma yil oʻtib, Albans monastirining yilnomachisi Matthew Parisning daʼvo qilishicha, John nihoyatda nochor holatda oʻz elchilarini an-Nosirning huzuriga yordam soʻrab yuborgan. Buning evaziga John islomni qabul qilishga, mamlakatni xalifaning ixtiyoriga topshirishga va Angliyani musulmon davlat qilishga tayyorligini bildirgan. Elchilar orasida London ruhoniysi Master Robert ham boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, an-Nosir Johnning iltijo ohangidagi yaltoqlanishidan shunchalik jirkanib ketganki, elchilarni qaytarib yuborgan. Tarixchilar esa bu voqea haqiqatligiga shubha bilan qaraydilar, chunki boshqa zamondosh manbalarda bunga oid dalillar topilmaganGraham Stewart, The king who wanted Sharia England.John Derbyshire, United States of Islam..

Vazirlar

Abu Zayd bin Yujan (1198–1199) Abu Muhammad Abdulvohid ibn Abu Hafs (1199–1205), Ifriqiyaning boʻlajak hokimi Abu Said Usmon ibn Jomiy (1205–1214)

Manbalar

Turkum:1213-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr xalifalari Turkum:Muvahhid xalifalar Turkum:13-asr xalifalari