Angel Mae Otom (2003-yil 30-iyunda tugʻilgan) – 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan filippinlik para suzuvchi.
Yoshlik yillari va taʼlimi Angel Otom 2003-yil 30-iyunda tugʻilgan (alternate link, alternate link 2). Uning otasi Marlou tatuirovka chizuvchi rassom, onasi Mila esa oʻqituvchi hisoblanadi. U tugʻma yuqori aʼzo yetishmovchiligi bilan tugʻilgan, chap qoʻli yoʻq, oʻng qoʻli rivojlanmagan.
Otom Olongapo shahar milliy oʻrta maktabida taʼlim olgan. 2019-yilda tuman maktab matbuot konferensiyasining muharrirlik karikatura tanlovida qatnashgan va ushbu tanlovda oyoqlari bilan chizgan.
Karyerasi Otom 2018-yilda Marikinada boʻlib oʻtgan Filippin nogiron sportchilari assotsiatsiyasi (PHILSPADA) milliy para oʻyinlarida ishtirok etgan. Shundan keyin sportchi 2019-yilda Filippin milliy para suzish jamoasiga aʼzo boʻlgan. Uning birinchi xalqaro musobaqasi 2021-yildagi Birlashgan Arab Amirliklarining Bahrayn shahrida oʻtkazilgan Osiyo Yoshlar Para Oʻyinlari boʻlib, u ayollar orasida 50 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Otom ASEAN Para Oʻyinlarida, xususan, 2022 va 2023-yillardagi musobaqalarda ishtirok etgan. U 2022-yilda uchta oltin medal va 2023-yilda toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sportchi 2022-yilda Xanchjouda oʻtkazilgan Osiyo Para Oʻyinlarida ham qatnashgan.
Otom 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
2024-yilgi Parijda oʻtkazilgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Otom Angel ikki turda ishtirok etgan. Sportchi ayollar oʻrtasida S5 toifasida 50 metrga chalqancha suzish bahslari finalida 6-oʻrinni egallagan. Shuningdek, u S5 toifasida 50 metrga chalqancha suzish bahslari finaliga chiqishga ham muvaffaq boʻlgan. Otom musobaqada 45.78 soniyada masofani suzib oʻtib, eng yaxshi shaxsiy natijasini qayd etgan va yakunda beshinchi oʻrinni egallagan.
Manbalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr filippinlik sportchi ayollar Turkum:Filippinlik ayol suzuvchilar Turkum:Bulacanlik sportchilar Turkum:Olongapolik sportchilar