Asad ud-Davla Abu Dhuaba Atiyya ibn Solih (; 1073-yil iyulda vafot etgan) 1062—1065-yillarda Halabning mirdasiy amiri boʻlgan. Halabda amir boʻlishidan oldin 1060-yildan boshlab ar-Rahbaning mirdasiy amiri boʻlgan edi. Halabni jiyani Muhmud ibn Nasrga boy berganidan soʻng, ar-Rahba va Mirdasiylar mulkining sharqiy qismida amirlik qila boshladi. 1070-yilda ar-Rahbani ham boy berdi. Shundan soʻng, Vizantiya himoyasiga kirib, Konstantinopolda vafot etishidan biroz avval Mahmudning hududlariga qarshi muvafaqqiyatsiz hujum uyushtirdi.
Oilasi Atiyya 1024-yil Halabda tugʻilgan. Halabda mirdasiylar hukmronligini oʻrnatgan Solih ibn Mirdas va uning xotini Tarudning oʻgʻli boʻlganBianquis 1993, p. 119.Zakkar 1971, p. 51.. Manbalarda onasining goʻzalligi keltirilgan. Solih va Tarus ikkalasi ham XI asrda shimoliy Suriya va gʻarbiy Jazira hududlarida hukmronlik qilgan Banu Kilob arab qabilasiga mansub boʻlgan. 1014-yilda Halab amiri Mansur ibn Lulu Solihni qamoqda saqlab turgan vaqtda xotini bilan ajrashishga majbur qilgan, chunki Tarudga oʻzi uylanmoqchi boʻlgan. Solih keyinroq Mansurni magʻlub etib, Tarudga qayta uylangan. Atiyya bu voqealardan oldin yoki keyin tugʻilgani maʼlum emasZakkar 1971, p. 166.. Tarixchi Suhayl Zakkarning soʻzlariga koʻra, uning Atiyya („Sovgʻa“) ismi Solih va Tarud qayta nikohlanganidan keyin tugʻilganini koʻrsatadi. Atiyyaning ukalari Nasr va Thimal boshqa onadan tugʻilgan.
Ar-Rahba amiri 1029-yilda Solih vafot etgach, Nasr va Thimal birgalikda Halab amiri lavozimini egalladilar. 1030-yilga kelib, Nasr shahar ustidan mutlaq hokimiyatni qoʻlga kiritdi. Thimal esa Gʻarbiy Jazira hududidagi Furot daryosi boʻyida joylashgan ar-Rahba qalʼasiga joʻnatildi. 1038-yilda Nasr vafot etgach, Fotimiylar xalifaligining Suriyadagi noibi Anushtakin ad-Dizbariy Halabni zabt etib, Mirdasiylar amirligini toʻliq oʻz tasarrufiga olishga kirishdi. Shu yoʻlda Balis va Manbijni qoʻlga kiritdi, biroq ar-Rahbani egallay olmadi. Ad-Dizbariy 1042-yil Halabda vafot etgach, Thimal Halabni qayta egalladi. Fotimiylar bilan ittifoq tuzib, ar-Rahbar nazoratini Fotimiylar generali Arslon al-Basasiriyga topshirdi. Bundan maqsad Arslon al-Basasiriy uchun Abbosiylar nazoratidagi Iroq hududiga bostirib kirishda tayanch nuqta yaratib berish maqsadi koʻzlangan edi. 1060-yilda al-Basasiriy magʻlub boʻlib, oʻldirilgach, gʻarbiy Jaziradagi Fotimiylar taʼsiriga zarba berildi. Shu vaqtda Atiyya ar-Rahbani egallab olishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, shaharda al-Basasiriy Abbosiylarga qarshi kurash uchun saqlagan xazina va qurollarga ham ega boʻldi. Atiyya ar-Rahbadan oldin Balisni ham egallagan ediAmabe 2016, p. 68..
Atiyya ar-Rahbani bosib olgan vaqtda, Thimal Halab ustidan nazoratni Fotimiylarga topshirgan edi. Buning evaziga Akko, Bayrut, Jubayl kabi qirgʻoqboʻyi hududlari hokimligi lavozimini qoʻlga kiritgan. Banu Kilob mirdasiylarning Halabga qaytishini qatʼiy talab qilib, Atiyyaning jiyani Mahmud ibn Nasrga shaharni qayta qoʻlga kiritish vazifasini topshirdi. Halab ahdasi (shahar militsiyasi) 1060-yil iyul oyida Banu Kilobga shaharga kirishga ruxsat berdi. Biroq Fotimiylar qoʻshini qalʼani oʻz nazorati ostida saqlab qolib, Banu Kilobni shahardan chiqarish uchun Fotimiylar askarlari joʻnatildiBianquis 1993, pp. 119–120.. Fotimiylar qoʻshini 1060-yil avgust oyida magʻlub etilib, Atiyya shaharni oʻz nazoratiga oldiBianquis 1993, p. 120.. Ikki kundan keyin nazorat Mahmud qoʻliga oʻtdi.
Fotimiylarning Halabni qoʻldan boy berishi oqibatida Thimal qirgʻoqboʻyi hududlaridan mahrum boʻlib, jiyani Mahmuddan Halabni tortib olishga intildi. Thimal 1061-yilda jiyani bilan jiyanining onasi as-Sayyid al-Alaviyya hamda Banu Kilob qabilasi shayxlari vositachiligida kelishib, oʻz hokimiyatini qayta tiklashga erishdi. Shu orada Atiyya ar-Rahba amirligi mustaqilligini qoʻlga kiritdi.
Halab amiri Thimal kutilmagan qadam tashlab, oʻz vorisligiga Banu Kilob shayxlari va Banu Numayr qabilasiga ona tomondan aloqador boʻlgan Mahmudni emas, balki Atiyyani tanladi. 1062-yil oxirida Thimal vafot etgach, Atiyya bilan Mahmud oʻrtasida vorislik uchun kurash boshlandi. 1063-yil iyul oyida ikki tomon oʻzaro jang olib bordi. Biroq ulardan hech biri hal qiluvchi ustunlikka erisha olmadi. Atiyya Halab shahrini va amirlikning sharqiy qismini nazorat qilish huquqini beruvchi sulh tuzdi. Bu hudud janubi-sharqda ar-Rahbadan shimoli-gʻarbda Qinnasringacha va shimolda Azazgacha choʻzilgan edi. Mahmudga amirlikning gʻarbiy qismi berildi.
Atiyya Mirdasiylar amirligi boʻlinishini rad etib, Mahmud hamda uning tarafdorlariga qarshi kurashish va koʻproq yon berishlarga erishish maqsadida shahzoda Ibn Xon boshliq ming nafar turkman kamonchisini yordamga chaqirdi. Turk qul askarlardan farqli oʻlaroq, bu voqea Suriyaning shimoliga turkmanlarning erkin qoʻshinlari kirib kelishining dastlabki qayd etilgan holati boʻldi. Turkmanlar itoatsizlik qila boshlagach, Atiyya Halab ahdaslariga Ibn Xonning al-Hazerdagi qarorgohini talon-taroj qilishni buyurdiAmabe 2016, p. 69.. Turkmanlarning koʻpchiligi oʻldirilib, Ibn Xon Mahmud tomoniga oʻtib ketdi. Ittifoqchilar birga 1065-yil Marj Dabiqda Atiyyani magʻlub etishdi. Atiyya Halabda uch oy davomida qamal qilingach, avgust oyida taslim boʻldi. Mahmud Halabga kirib keldi va yangi kelishuv tuzildi. Bu kelishuvga koʻra, Atiyya sharqiy amirlikni, yaʼni ar-Rahbani oʻz ichiga olgan Gʻarbiy Jazirani boshqaradigan boʻldi. Mahmud esa Gʻarbiy amirlikni, jumladan, Halab, Jund Qinnasrin (Chalcis tumani) va Jund Himsning (Homs tumani) katta qismini oʻz nazoratiga oldi.
Soʻnggi yurishlar va oʻlimi Fotimiylar, chamasi, Atiyyani Mahmudga hujum qilishga undagan. Bu esa Mahmud va Ibn Xonni 1067-yilda ar-Rahbaga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Homs va Hamaga yurish boshlashga majbur qilgan. Tripoli qozisi Ibn Ammar Atiyya va Mahmud oʻrtasida vositachilik qilgandan soʻng, bevosita toʻqnashuv oldini olishga erishdi. Fotimiylar 1065-yilda Mirdasiylar amirligining boʻlinishi toʻgʻrisidagi kelishuvni rasman tan oldilar. Biroq Atiyya hamon Mahmudga tegishli Homs shahriga daʼvo qilar edi. 1068-yilda shaharni qoʻlga kiritishga urinish vaqtida ar-Rahbar qarorgohini Uqayliy amiri Muslim ibn Quraysh bosib oldi. Atiyya Fotimiylar nazorati ostidagi Damashqda qaror topib, 1070/1071-yilda oʻzining soʻnggi mulki ar-Raqqani Ibn Qurayshga boy berdiZakkar 1971, p. 180..
Atiyya oʻz amirligini qayta tiklash uchun Fotimiylardan harbiy yordam soʻrab qilgan iltimoslari rad etilgach, vizantiyaliklardan madad izlashga majbur boʻldiBianquis 1993, p. 121.. Antioxiya qoʻshinlari qoʻllovi bilan Atiyya 1071-yilda Mahmud amirligiga qarashli Maarrat Misringa yurish qildi. Aftidan, yurish unchalik ahamiyatga ega boʻlmagan. Vizantiya Malazgirt jangida magʻlub boʻlgach, Atiyyaning faoliyatini qoʻllay boshladi. Bundan maqsad amirlikning turkman qoʻshinlarini zaiflashtirish yoki butunlay haydashdan iborat edi. Soʻngra, Vizantiya poytaxti Konstantinopolga qochib bordi. 1073-yilning iyul oyida shu shaharda vafot etdi. Vafotiga mast holda tomda uxlab qolib, tomdan yiqilishi sabab boʻldi. Jasadi dafn etish uchun Halabga keltirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1073-yilda vafot etganlar Turkum:Halabning Mirdasiy amirlari Turkum:Arab—Vizantiya urushlarida ishtirok etgan arablar Turkum:11-asr arablari Turkum:Yiqilib tushish tufayli tasodifiy oʻlimlar