Yahyo ibn Saʼid al-Qattan (; 120-hijriy/738-milodiy – 198-hijriy/813-milodiy) – Taba tobeinlar davriga mansub basralik hadis olimi.

Tarjimai hol Yahyo ibn Saʼid 120-hijriy/738-milodiy yilda Basrada dunyoga kelgan; u Banu Tamimdan boʻlgan ozod qilingan qullar avlodidan edi. Paxta savdosidagi faoliyati tufayil al-Qattan nisbasini olgan. Hadis izlab Madina, Bagʻdod va Kufaga safar qilgan. Yigirma yil davomida Shu’ba ibn al-Hajjaj darslarini, shuningdek, Sufyon Savriy darslarini tinglagan. Uning boshqa ustozlari orasida tilshunos Hammad ibn Salamah, faqihlar Malik ibn Anas va al-Awzaʼi bor edi, hamda Ibn Jurayj boʻlib, u haqidagi saqlanib qolgan biografik maʼlumotlarning salmoqli qismi al-Qattan orqali yetib kelganMotzki 2002, p. 284. Shogirdlari orasida Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madini, Yahyo ibn MaʼinMotzki 2002, pp. 249-250 va Isʼhoq ibn Rahova bor edi. Rivoyat qilinishicha, u hozirgacha yetib kelmagan ikki asar muallifi boʻlgan: al-Ḍuʿafā (ishonchsiz roviylar haqidagi kitob) va Kitāb al-Maghāzī. Ibn Saʼid 198-hijriy/813-milodiy yilda Basrada vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Motzki, Harald (2002). The Origins of Islamic Jurisprudence: Meccan Fiqh Before the Classical Schools. Tarjimon: Katz, Marion H. Brill. Brown, Jonathan A.C. (2009). Hadith: Muhammad’s Legacy in the Medieval and Modern World. Oksford: Oneworld Publications.

Turkum:813-yilda vafot etganlar Turkum:Hadis olimlari Turkum:Basraliklar Turkum:Tugʻilgan yili noma’lum boʻlgan kishilar