Grace Harvey (tugʻilgan sanasi 31-avgust 1998-yil) – britaniyalik paralimpiya suzuvchisi, Yevropa va Britaniya rekordi sohibasi, chalqancha uslubda suzish musobaqalarida qatnashadi.
Faoliyati Harvey jismoniy nuqsoni boʻlgan suzuvchilar uchun moʻljallangan S6 SB5 SM6 klassifikatsiyasida raqobatlashadigan britaniyalik para-suzuvchi. Gracening tugʻilgan shahri Waredir. U toʻrt yoshida suzishni oʻrgangan va Serebral falajning oyoq-qisqarishlariga qarshi kurashish uchun sportni tanlagan. U 2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarini tomosha qilgach, sportchi boʻlishga qaror qilgan. Harveyning faoliyati Milliy Lotereya mablagʻlari bilan qoʻllab-quvvatlanadi.
Harveyning sevimli musobaqa joyi Sheffielddagi Ponds Forge suv sport markazidir. 2021-yil aprel oyida u erkin usulda suzish bahslarida birinchi oʻrinni egallab, Maisie Summers-Newtonni ikkinchi oʻringa tushrib qoʻydi.. U va Lyndon Longhorne ikkalasi ham Yevropa rekordlarini yangiladilar va Conner Morrison bilan birga 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari uchun dastlabki tanlovga kiritildilar. Grace Harvey Tokio oʻyinlari boshlanishidan oldin Yaponiyada mashgʻulot oʻtayotganda, u (va BBC) Suzuka International Universityga taklif qilindi va u yerda birinchi marta yurishga imkon beradigan robot yurish kostyumini sinab koʻrdi. U bu tajribani „hayratlanarli“ deya baholadi, lekin keyinroq bu birinchi va oxirgi marta boʻlishi mumkinligini va endi u hech qachon bilmagan, lekin hozir sogʻinishi mumkin boʻlgan zavqni anglaganini aytib, yigʻlab yuborgan.
2022-yil avgust oyida u Birmingham boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ayollar oʻrtasida 100 metrga chalqachan usulda suzishi SB6 bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Britaniyalik ayol suzuvchilari Turkum:S6 klassifikatsiyali para-suzuvchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Jahon para-suzish chempionati medal sovrindorlari Turkum:Hamdoʻstlik oʻyinlari suzish boʻyicha kumush medal sovrindorlari Turkum:2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari suzuvchilari Turkum:2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Ingliz ayol suzuvchilar