Arsen Georgiyevich Avakov (1971-yil 28-mayda Dushanbeda tugʻilgan) – sovet, tojik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachiYejenedelnik „Futbol“, № 28/1996, str. 12—13 – Arsen Avakov: „Slyoz nikto ne sderjival“ va hujumchi pozitsiyalarida oʻynagan. Avakov Tojikiston milliy terma jamoasi safida ham toʻp tepgan.

Futbolchilik faoliyati Arsen Dushanbedagi futbol maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning futboldagi birinchi murabbiysi Stepan Konstantinovich Burlachko hisoblanadi. Futbolcchilik faoliyatining dastlablik davrlarida „Pomir“ klubining oʻrinbosarlar jamoasida, keyinchalik asosiy tarkibda oʻynagan. 1991-yilda SSSRning soʻnggi chempionatining oliy ligasida yetti oʻyin oʻtkazgan. 1992-yil Moskvada soʻngi bor oʻtkazilgan SSSR/MDH kubogining yarim final uchrashuvida CSKA Moskva klubiga qarshi oʻyinda ishtirok etganYejenedelnik „Futbol“, № 16/1992, str. 4.

Tojikiston mustaqilligining ilk yillaridagi harbiy vaziyat tufayli „Pomir“ futbolchilarining katta qismi Rossiyaga yoʻl olgan vaqtida, Arsen Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tavsiyasi orqali Ukraina jamoasiga oʻtganYejenedelnik „Futbol“ (Ukraina), № 4/2015, str. 14—17 – Leonid Tkachenko: „Obojayu Ukrainu!“. Uni dastlab Lokomotiv jamoasiga Yuriy Syomin taklif qilgan. SSSR parchalanishi natijasida boshqa respublikalardan kelgan oʻyinchilar yetarli edi, shu bois Avakov oʻsha paytda Moskvada boʻlgan Shepetovkaning „Temp“ klubi prezidenti Jumber Nishnianidzega tavsiya etilgan.

Arsen „Pomir“ klubida oʻynagan davrida himoyachi pozitsiyasida oʻynab kelgan, chunki hujum chizigʻidagi kuchli raqobat tufayli mudofaaga oʻtkazilgandi. „Temp“ jamoasida Leonid Tkachenko hujumchilar yetishmasligi sababli uni hujum chizigʻiga koʻchirgan boʻlsa-da, Avakovning oʻz soʻzlariga koʻra, u himoyada oʻynashni maʼqul koʻrardiYejenedelnik „Futbol“, № 28/1996, str. 12—13 – Arsen Avakov: „Slyoz nikto ne sderjival“. Zaporijjyadagi „Torpedo“ jamoasiga oʻtgach, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan (bu uning shartlaridan biri edi). 1994/95-yilgi chempionatning dastlabki 7 turida himoyada oʻynagan, ammo keyinchalik murabbiy Igor Nadein uni hujumchi pozitsiyasiga oʻtkazganYejenedelnik „Futbol“, № 28/1996, str. 12—13 – Arsen Avakov: „Slyoz nikto ne sderjival“. Oʻsha mavsum yakunida Avakov 21 ta gol urib, Ukraina chempionatining eng samarali toʻpurari boʻlgan.

1996-yil qishida Moskvaning „Torpedo“ jamoasiga oʻtgan, ammo iyulgacha oʻynamagan: klublar oʻrtasidagi transfer summasi boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli uni yarim yil davomida qaydnomaga kiritib boʻlmagan. Arsen „Spartak“ jamoasi oʻtish taklifini olgan, biroq rad etgan. Buning sababini uni „Torpedo“ga taklif qilgan Valentin Ivanovga bergan soʻzi bilan tushuntirganYejenedelnik „Futbol“, № 28/1996, str. 12—13 – Arsen Avakov: „Slyoz nikto ne sderjival“. Keyingi yili u asosiy tarkibga kamdan-kam kiritila boshlagan. Janubiy Koreyaga mahalliy klublardan biriga sinov oʻyinlarida ishtirok etish uchun borgan, ammo klub bilan kelishuvga erisha olmaganVladimir Leonchenko i Arsen Avakov: „I chego ot nas xoteli v Koree?“ , „Спорт-Экспресс“, 19.07.1997. 1997-yil yozida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga oʻtgan, biroq keyingi mavsumni yana Moskvaning „Torpedo“ jamoasida boshlagan.

1999-yilgi mavsumda Nijniy Novgorodning „Lokomotiv“ jamoasida oʻynab, chempionatda 13 ta gol urishga erishgan. 2000-yilgi mavsumda yana „Torpedo“ klubiga qaytgan. 2001—2002-yillarda Elistaning „Uralan“ jamoasida toʻp surgan. 2001-yilgi mavsumda birinchi divizionda 13 ta gol kiritishga erishgan.

1997-yilgi Intertoto kubogining uchta oʻyinida va 2000/01-yilgi UEFA kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati 1992—1999-yillarda Tojikiston terma jamoasi tarkibida oʻynagan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari musobaqasida ishtirok etgan.

Futboldan keyingi faoliyati Futbolchilik faoliyatini tugatgach oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtgan. Arsen futboldagi yosh iqtidorlarini oʻzini koʻrsatishida yordamlashganUA-Futbol. Arsen Avakov: „Ya skuchayu po Zaporojyu“, futbolchilarga hizmat koʻrsatuvchi agent sifatida ish olib borgan.

2015-yilda Simferopolning „TSK-Tavriya“ jamoasida bosh menejer lavozimida faoliyat yuritganViktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 41. ISBN 978-5-604-10716-4.. Matbuotda uni tez-tez boshqa inson, Ukrainaning Xarkov viloyati gubernatori boʻlgan Arsen Avakov bilan adashtirib yuborishadiATN : Agentstvo televideniya novosti :: Jurnalistskie lyapi.

Faoliyat statistikasi

Terma jamoadagi statistikasi

Terma jamoadagi gollari Statistika 1997-yil 22-iyunga oid № Sana Stadion Raqib Hison Natija Musobaqa 1. 1996-yil 8-may Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston 4–0 4–0 1996-yilgi Osiyo Kubogi saralashi 2. 1997-yil 1-iyun Thống Nhất stadioni, Xoshimin, Vyetnam 0–3 0–4 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 3. 1997-yil 22-iyun Markaziy stadion, Dushanbe, Tojikiston 1–0 5–0 4. 3–0 5. 4–0 Yutuqlar Jamoaviy

Tojikiston Oliy ligasi chempioni: 1992-yil Tojikiston kubogi gʻolibi: 1992-yil Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2000-yil Rossiyaning birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil Ukraina birinchi ligasining kumush medali sovrindori: 1992/93-yil Shaxsiy

Ukraina chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1994/95-yil „Ikkinchi nafas“ mukofoti sohibi: 1999-yilYejenedelnik „Futbol“, № 47 (2057), 20 – 26 noyabrya 1999, str. 7 – „Vtoroe dixanie“. Arsen Avakov

Manbalar

Havolalar

Arsen Avakov Statistika

Arsen Avakov Transfermarkt saytida Arsen Avakov Footballfakts saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Dushanbelik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Elista futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Temp Shepetivka futbolchilari Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Torpedo-2 futbolchilari Turkum:FC Torpedo Zaporizhzhia futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukraina Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurarlari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Sovet armanlari Turkum:Arman millatiga mansub Tojikiston kishilari