2025-yilgi UEFA Konferensiyalar ligasi finali – 2024–2025-yilgi UEFA Konferensiyalar ligasining final uchrashuvi boʻlib, bu UEFA tomonidan tashkil etilgan Yevropaning klublar miqyosidagi uchinchi darajali futbol turnirining toʻrtinchi mavsumi, hamda turnir nomi UEFA Yevropa Konferensiyalar ligasidan UEFA Konferensiyalar ligasiga oʻzgartirilganidan keyingi ilk mavsum edi. Uchrashuv 2025-yil 28-may kuni Polshaning Wrocław shahridagi „Wrocław Stadium“ arenasida Ispaniyaning „Real Betis“ va Angliyaning „Chelsea“ klublari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

„Chelsea“ uchrashuvda 4–1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining ilk UEFA Konferensiyalar ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi hamda barcha toʻrtta yirik Yevropa sovrinini va amaldagi uchta Yevropa musobaqasini yutgan ilk klubga aylandi. Shuningdek, ular 2001-yilda „Bavariya“ning UEFA Chempionlar ligasi finalida „Valencia“ ustidan gʻalabasidan buyon UEFA finallarida ispan klubini magʻlub etgan birinchi ispan boʻlmagan jamoaga aylandilar.

„Chelsea“ oʻzining milliy chempionatdagi oʻrni orqali allaqachon 2025–26-yilgi UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganligi sababli, UEFA Konferensiyalar ligasi gʻolibiga ajratilgan 2025–26-yilgi UEFA Yevropa ligasidagi oʻrin boʻsh qoldi.

Uchrashuvdagi uch gollik farq UEFA Konferensiyalar ligasi finali tarixidagi eng yirik hisobli gʻalaba boʻldi. Bungacha boʻlib oʻtgan dastlabki uchta finalda gʻolib jamoalar atigi bitta gol farqi bilan gʻalaba qozongan edi. Shuningdek, ushbu oʻyin UEFA Konferensiyalar ligasi finali tarixidagi eng koʻp gol kiritilgan final sifatida ham qayd etildi.

Tarixiy fon „Real Betis“ oʻz tarixida ilk bor Yevropa miqyosidagi turnirlar finaliga chiqdi.

„Chelsea“ uchun esa bu oʻn uchinchi Yevropa finali va UEFA Konferensiyalar ligasi finalidagi esa ilk ishtiroki edi. Klub 1999-yilgacha mavjud boʻlgan uchta yirik Yevropa musobaqasining har birida ikki martadan gʻolib boʻlgan: UEFA Chempionlar ligasida (2012, 2021), Kubok egalari kubogida (1971, 1998) va UEFA Yevropa ligasida (2013, 2019). Bundan tashqari, ular UEFA Superkubogini ham ikki bor qoʻlga kiritgan (1998, 2021). Shuningdek, klub toʻrtta UEFA finallarida magʻlub boʻlgan: 2008-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida va 2012, 2013 hamda 2019-yillardagi UEFA Superkubogi finalida. Ushbu finalda gʻalaba qozonganidan soʻng, Chelsea barcha toʻrt yirik Yevropa sovrinini qoʻlga kiritgan ilk klubga aylandi.

Bu ikki jamoa shu paytgacha toʻrt marta toʻqnash kelgan: ikki marta 1997–1998-yilgi UEFA Kubok egalari kubogi chorak finalida va ikki marta 2005–06-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida. „Chelsea“ oʻsha uchrashuvlarning uchtasida gʻalaba qozongan: Sevilyadagi oʻyinda 2:1, Londondagi oʻyinda esa 3:1 hisobida yutib, umumiy 5:2 hisobida final sari yoʻl olgan va oxir-oqibat Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritgan; 2005–06-yilgi mavsumdagi oʻz maydonida kechgan uchrashuvida esa 4:0 hisobida gʻalaba qozongan. Biroq, „Real Betis“ ularning soʻnggi uchrashuvida, Sevilyadagi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻsha bosqichda „Chelsea“ magʻlubiyatga qaramay guruhda ikkinchi oʻrinni egallab, 1/8 finalga chiqdi, „Real Betis“ esa uchinchi oʻrinda qolib, UEFA Yevropa ligasiga yoʻl oldi – bu turnirni oxir-oqibat ularning shahardoshlari „Sevilla“ klubi qoʻlga kiritdi.

Avvalgi finallar JamoaAvvalgi finallarda ishtiroki Real BetisIshtirok etmagan ChelseaIshtirok etmagan

Mezbon Wrocław Stadium (Wrocławda joylashgan), homiylik sabablari tufayli Tarczynski Arena nomi bilan ham tanilgan boʻlib „Śląsk Wrocław“ klubi oʻyinlariga mezbonlik qiladi. Stadion 2011-yil sentabr oyida ochilgan boʻlib, 42 771 tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu arena avvalroq UEFA Yevro 2012 musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. Uchrashuv Polshada oʻtkazilayotgan UEFA klublarining uchinchi finali boʻldi. Ilgari bu mamlakatda 2015 va 2021-yillarda UEFA Yevropa Ligasi finallari boʻlib oʻtgan. Mezbonni tanlash jarayoni 2022-yil 21-iyunda UEFA final uchun tanlov jarayonini eʼlon qildi. Bu jarayon 2024-yilgi final bilan parallel ravishda olib borildi. Nomzod shaharlar bitta yoki ikkala final uchun ham ariza topshirishlari mumkin edi. Taklif etilgan stadionlar tabiiy gazonga ega boʻlishi, UEFAning toʻrtinchi toifa stadionlari sifatida tasniflanishi va imkon qadar 30 000–50 000 oʻrinli boʻlishi talab etiladi. Tanlov jarayoni quyidagicha belgilandi:

21-iyun 2022-yil: Arizalarni rasmiy qabul qilish boshlandi 31-avgust 2022-yil: Nomzodlik uchun roʻyxatdan oʻtish yakuni 7-sentabr 2022-yil: Talablar nomzodlarga taqdim etildi 3-noyabr 2022-yil: Dastlabki hujjatlarni topshirish muddati 23-fevral 2023-yil: Yakuniy hujjatlarni topshirish muddati 28-iyun 2023-yil: Mezbon shahar eʼlon qilindi

UEFA Ijroiya qoʻmitasi 2023-yil 28-iyunda Shveytsariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Wrocław Stadiumni final mezboni etib tasdiqladi.

Finalgacha yoʻl Eslatma: Quyidagi barcha natijalarda finalchi jamoa hisobi birinchi koʻrsatilgan (H: uyidagi oʻyin; A: safardagi oʻyin). Real BetisBosqich ChelseaRaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyinSaralash bosqichiRaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyin Kryvbas Kryvyi Rih5–02–0 (A)3–0 (H)Play-off Servette3–22–0 (H)1–2 (A)OpponentNatijaLiga bosqichiRaqibNatija Legia Warsaw0–1 (A)1-tur Gent4–2 (H) Copenhagen1–1 (H)2-tur Panathinaikos4–1 (A) Celje2–1 (H)3-tur Noah8–0 (H) Mladá Boleslav1–2 (A)4-tur 1. FC Heidenheim2–0 (A) Petrocub Hîncești1–0 (A)5-tur Astana3–1 (A) HJK1–0 (H)6-tur Shamrock Rovers5–1 (H)15-oʻrinBirdan chorak nimchorak finalga yoʻllanma oldiYakuniy oʻrni1-oʻrin1/16 finalga yoʻllanma oldiRaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyinPley-off bosqichiRaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyin Gent3–13–0 (A)0–1 (H)Play-offs— Vitória de Guimarães6–22–2 (H)4–0 (A)1/16 bosqich Copenhagen3–12–1 (A)1–0 (H) Jagiellonia Białystok3–12–0 (H)1–1 (A)Chorak final Legia Warsaw4–23–0 (A)1–2 (H) Fiorentina4–32–1 (H)2–2 (A)Yarim final Djurgårdens IF5–14–1 (A)1–0 (H)

Oʻyin Qisqacha sharh „Real Betis“ toʻqqizinchi daqiqada hisobni ochdi – Isco toʻpni jarima maydoniga uzatdi va uni Abde Ezzalzouli darvozaning oʻng pastki burchagiga aniq tarzda yoʻlladi. Shundan keyin ham „Betis“da ikkinchi golni urish uchun bir necha qulay vaziyatlar boʻldi, xususan Marc Bartraning jarima maydonidan tashqaridan yoʻllagan zarbasini „Chelsea“ darvozaboni Filip Jörgensen qaytarib yubordi. 20-daqiqada esa Ezzalzouli yana hujumga oʻtib, ikki „Chelsea“ futbolchisini ortda qoldirdi va toʻpni Johnny Cardosoga oshirdi, biroq uning zarbasi Benoît Badiashile tomonidan toʻsib qolindi.

65-daqiqada „Chelsea“ hisobni tenglashtirdi – Cole Palmer jarima maydoniga toʻp uzatdi va Enzo Fernández boshi bilan toʻpni „Betis“ darvozaboni Adrián ustidan oshirib, hisobni 1:1 holatiga keltirdi. Besh daqiqa oʻtib, Palmer yana jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, bu safar Nicolas Jacksonning yoʻllagan zarbasi darvoza toʻridan joy oldi va „Chelsea“ hisobda oldinga chiqib oldi. 78-daqiqada tezkor qarshi hujumda Jackson va Jadon Sancho ikki kishi boʻlib Betis darvozaboniga qarshisi chiqishdi. Ammo Jacksonning toʻpni qabul qilishdagi xatosi tufayli imkoniyat boy berildi. Shunga qaramay, Sancho ham 83-daqiqada oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. Oʻyin yakuniga yaqin esa Moisés Caicedo hisobni yanada yiriklashtirib qoʻydi.

Ushbu gʻalaba bilan „Chelsea“ UEFAning barcha beshta klublar miqyosidagi turnirlari: UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Yevropa ligasi, UEFA Konferensiyalar ligasi, UEFA Superkubogi va UEFA kubok egalari kubogida zafar quchgan ilk jamoaga aylandi.

Tafsilotlar

GK 13 AdriánRB 23 Youssouf SabalyCB 5 Marc BartraCB 6 NatanLB 12 Ricardo Rodriguez CM 18 Pablo Fornals CM 22 Isco (c)CM 4 Johnny Cardoso RF 7 Antony CF 11 Cédric Bakambu LF 10 Abde Ezzalzouli Zaxira:GK 25 Fran VieitesGK 41 Manu GonzálezDF 15 Romain Perraud DF 24 Aitor Ruibal DF 32 Nobel MendyDF 40 Ángel OrtizMF 16 Sergi Altimira MF 20 Giovani Lo Celso MF 46 Mateo FloresFW 36 Jesús Rodríguez FW 52 Pablo GarcíaMurabbiy: Manuel Pellegrini GK 12 Filip JörgensenRB 27 Malo Gusto CB 23 Trevoh ChalobahCB 5 Benoît Badiashile LB 3 Marc CucurellaCM 8 Enzo Fernández (c)CM 25 Moisés CaicedoRW 11 Noni MaduekeAM 20 Cole Palmer LW 7 Pedro Neto CF 15 Nicolas Jackson Zaxira:GK 1 Robert SánchezGK 47 Lucas BergströmDF 4 Tosin AdarabioyoDF 6 Levi Colwill DF 24 Reece James DF 34 Josh AcheampongMF 22 Kiernan Dewsbury-Hall MF 39 Mathis AmougouFW 18 Christopher NkunkuFW 19 Jadon Sancho FW 32 Tyrique GeorgeFW 38 Marc Guiu Murabbiy: Enzo Maresca

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Cole Palmer (Chelsea)

Hakamlar: Senad Ibrišimbegović (Bosniya va Gersegovina) Davor Beljo (Bosniya va Gersegovina) Toʻrtinchi hakam: Halil Umut Meler (Turkiya) Zaxira yordamchi hakami: Kerem Ersoy (Turkiya) Video assistant referee: Jérôme Brisard (Fransiya) Assistant video assistant referee: Willy Delajod (Fransiya) Support video assistant referee: Marco Di Bello (Italiya)

Statistika

+Birinchi boʻlimStatistikaReal BetisChelseaGollar10Zarbalar74Aniq zarbalar21Seyvlar11Toʻp nazorati33%67%Burchak zarbalari32Follar96Offside01Sariq kartochka00Qizil kartochka00

+Ikkinchi boʻlimStatistikaReal BetisChelseaGollar04Zarbalar67Aniq zarbalar16Seyvlar21Toʻp nazorati40%60%Burchak zarbalari12Follar76Offside02Sariq kartochka23Qizil kartochka00

+UmumiyStatisticReal BetisChelseaGollar14Zarbalar1311Aniq zarbalar37Seyvlar32Toʻp nazorati36%64%Burchak zarbalari44Follar1612Offside03Sariq kartochka23Qizil kartochka00

Manbalar

Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:2025-yilda futbol