thumb|250px|right|B-boy (breakdance ijrochisi) Hip hop 1970-yillar oxirida AQShda afroamerikaliklar muhitida vujudga kelgan yoshlar submadaniyatidir. Unga oʻz musiqasi (u ham „hip hop“ deb ataladi), oʻz soʻzlashuv uslubi, oʻz modasi, raqs uslubi (breakdance va boshqalar), grafik sanʼat (graffiti) va oʻz kinematografi xos. 1990-yillar boshlariga kelib, hip hop dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yoshlar madaniyatining bir qismiga aylandi. Ushbu maqolada hip hop uslubidagi musiqa va hip hop submadaniyatining umumiy elementlari koʻrib chiqiladi.

Hip hop musiqasi Hip hop musiqasi ikki asosiy elementdan tashkil topgan: repdan (qofiyalari aniq ritmik rechitativdan) va DJ belgilaydigan ritmdan; shu bilan bir vaqtda vokalsiz taronalar ham koʻp uchraydi. Shunday kombinatsiyada repning ijrochilari oʻzlarini „MC“ deb ataydilar (inglizcha: MC — Microphone Controller yoki Master of Ceremony).

Bugungi kunda hip hop zamonaviy koʻngilochar musiqaning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli koʻrinishlaridan biridir va uslubiy jihatdan janr ichida koʻpgina yoʻnalishlar bilan koʻrsatilgan.

Manbalar

Oʻqish uchun George, Nelson. Hip Hop America. Penguin, 2005. Katz, Mark. Groove Music. The Art and Culture of the Hip Hop DJ. OUP, 2012.

Havolalar

RAP.UZ — Oʻzbekistondagi rap haqida Hip-Hop.ru  — Hip hopga bagʻishlangan forum RAP.RU — rap musiqa va hip hop madaniyat haqida hamma narsa XX-ARENA.RU  — rap battles hip-hop creative community instrumentals

Turkum:Submadaniyatlar Turkum:Musiqiy janrlar *