Eda Erdem Dündar (; ; 1987-yil 22-iyun, Istanbul, Turkiya) — asl kelib chiqishi bosniyak millatiga mansub turk professional voleybolchisi. Hozirda Fenerbahçe hamda Turkiya ayollar milliy voleybol terma jamoasida oʻynaydi va ikkala jamoaning ham sardori hisoblanadi. Eda Erdem 2008-yildan beri Fenerbahçe safida toʻp surib keladi.
Faoliyati Eda Erdem oʻz faoliyatini 2000-yilda “Beşiktaş” yoshlar akademiyasida boshlagan. Iste’dodi tez orada namoyon boʻlgach, 2004-yilda asosiy tarkibga qabul qilingan. “Beşiktaş” safida toʻrt mavsum davomida oʻynab, oxirgi ikki mavsumida jamoa sardori sifatida maydonga tushgan. 2008-yilda esa Eda Erdem faoliyatidagi muhim qadamni tashlab, nufuzli Fenerbahçe klubiga oʻtadi.
“Fenerbahçe” bilan 2008–2009-yilgi mavsumda klub tarixidagi ilk professional liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng ketma-ket uch mavsum — 2008–2009, 2009–2010 va 2010–2011-yillarda chempion boʻldi.
Qatarning Doha shahrida Eda Erdem 2010 FIVB voleybol boʻyicha ayollar klublari oʻrtasidagi Jahon chempionatida “Fenerbahçe” safida gʻalaba qozonib, “Eng yaxshi toʻp uzatuvchi (server)” mukofotiga sazovor boʻldi.
Ozarbayjonning Boku shahrida 2011–2012-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi CEV Chempionlar ligasida “Fenerbahçe” bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2012-yilda Qatarning Doha shahrida oʻtkazilgan FIVB voleybol boʻyicha ayollar klublari oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasiga Puerto-Rikoning Lancheras de Cataño klubini 3–0 hisobida magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritishda yordam berdi. 2021 FIVB voleybol boʻyicha ayollar klublari oʻrtasidagi jahon chempionatida ham bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Italiyaning Montichiari shahrida oʻtkazilgan 2015–2016-yilgi CEV ayollar chempionlar ligasida Rossiyaning Dinamo Qozon klubini 3–1 hisobida magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi va “Eng yaxshi markaziy toʻsuvchi” unvoniga sazovor boʻldi. Shuningdek, 2009–2010-yilgi CEV CEV ayollar chempionlar ligasida kumush medal, 2018–2019, 2021–2022, 2022–2023 va 2023–2024-yillarda bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro miqyosda Eda Erdem 2005-yildan beri Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi safida 300 dan ortiq oʻyinda maydonga tushgan.
2010-yilda Voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida “Eng yaxshi toʻsuvchi” unvonini qo‘lga kiritgan, 2011-yilgi Voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida esa “Eng yaxshi toʻp uzatuvchi” mukofotiga sazovor boʻlgan.
Shuningdek, 2015, 2017, 2019 va 2021-yillardagi Yevropa chempionatlarida, hamda 2018 va 2021-yillardagi FIVB Ayollar voleybol klublari Millatlar ligasida “Eng yaxshi markaziy toʻsuvchi” unvonini qoʻlga kiritgan.
2024-yil 9-iyul kuni Parij 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun “Filenin Sultanları” terma jamoasining tarkibi e’lon qilindi va Eda Erdem o‘zining uchinchi Olimpiadasida jamoa sardori sifatida qatnashishi ma’lum bo‘ldi.
Shaxsiy hayoti U 2011-yil Erdem Dündar bilan turmush qurgan. Erining ismi „Erdem“ bo‘lib, bu Eda Erdemning qizlik familiyasi bilan bir xil. Shu sababli u ikkala familiyani ham birgalikda, yaʼni “Erdem Dündar” tarzida ishlatadi. Shuningdek, futbolkasida ham erining ismi va familiyasini yozib chiqadi.
Bundan tashqari Eda Ergem dengizchilik guvohnomasiga ham ega boʻlib, kema kapitani hisoblanadi. Kortdan tashqarida Maydondan tashqarida ham Eda Erdem oʻz tajribasi bilan yosh sportchilar uchun oʻrnakka aylangan. Voleyboldan tashqari ijtimoiy loyihalarda ham faol qatnashadi. Shunday loyihalardan biri — qizlarni sport bilan shugʻullanishga undash tashabbusi hisoblanadi.
2022-yil 30-mart kuni Turkiya Milliy Olimpiya Qoʻmitasi qoshidagi Sportchilar komissiyasi raisi etib saylangan .
2024-yil 8-mart kuni Fenerbahçe sport klubi Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Yosh qizlar va barcha muvaffaqiyatli ayollar timsoli” haykalining ochilish marosimini oʻtkazdi. Haykal Istanbuldagi Şükrü Saraçoğlu stadionining oldida joylashgan boʻlib, klubning boshqa mashhur shaxslari — Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafa Kemal Atatürk, klub futbol jamoasining isteʼdodli futbolchilari Lefter Küçükandonyadis va Alexsandro de Souza, shuningdek futbol va basketbolda mashhur boʻlgan Can Bartu haykallari yonida oʻrnatilgan.
2024-yil 26-mart kuni u AQShning “Xalqaro Jasur Ayollar” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu mukofot uning yutuqlari va ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlariga e’tirof sifatida berildi.
Shu bilan birga, Turkiya Milliy Olimpiya Qoʻmitasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Sport orqali qizlarni ragʻbatlantirish” loyihasining yuziga aylandi.
Manbalar
Turkum:Voleybolchilar Turkum:Turkiyalik sportchilar Turkum:Turkiyalik ayol sportchilar
Havolalar
Player profile at Fenerbahce.org Eda Erdem Dundar Parijdagi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida