Alapalooza – "Veird Al" Yankovisning 1993-yilda chiqarilgan sakkizinchi studiyaviy albomiidir. Yankovich bundan avvalgi „Off the Deep End“ deb nomlangan albomini tugatgandan soʻng, oʻzining keyingi nashrida foydalanishni rejalashtirgan barcha qoʻshiqlarni yozib boʻlgan edi. Alapalooza deb nomlangan ushbu albom Chikagodagi Grant Parkda har yili oʻtkaziladigan va toʻrt kun davom etadigan musiqiy festivalga ishora edi. Albom yettita mualliflik va beshta parodiya qoʻshiqlardan iborat. U shuningdek, uchta parodiya singllarini ommaga taqdim etgan: „Jurassis Park“, „Bedrosk Anthem“, va „Achy Breaky Song“. „Jurassis Park“ qoʻshigʻi Kanadaning the Resord jurnalining yagona chartida eng yaxshi beshlikka kirgan.

Chiqarilishi Tarixi Yankovichning 1992-yilgi „Off the Deep End“ albomi 1984-yildagi "Weird Al" Yankovic in 3-D albomidan keyin eng koʻp sotilgan ikkinchi albomi hisoblanadi. Albom 1986-yilgi Polka Party! albomi va UFH filmining tijoriy muvaffaqiyatsizliklaridan keyin Yankovichning karyerasini jonlantirishiga yordam berdi. „Off the Deep End“ albomi Yankovichning „rivojlanayotgan sanʼatkor sifatidagi ishonchi“ni namoyish etishiga yordam berdi. Off the Deep End yozib olish ishlari tugallanayotgan paytda, Yankovich allaqachon Alapaloozaga tarkibiga kiradigan barcha original qoʻshiqlarni yozib boʻlgan edi.

Yankovich 1992-yil oxirigacha „Talk Sup“ va „Harvey the Wonder Hamster“dan tashqari albomning barcha original qoʻshiqlarini yozib oladi. 1993-yil iyul oyida „Livinʼ in the Fridge“dan tashqari Alapaloozaning qolgan barcha treklarini yozib oladi. Yankovich Lollapalooza musiqa festivaliga havola qilib oʻzining yangi albomiga Alapalooza nomini berishga qaror qildi. Albom muqovasidagi dinozavrni Devid Peters chizgan, u avvalroq qoʻshiqchi bilan „Dare to Be Stupid“ videosida birga ishlagan.

Manbalar

Turkum:1993-yil albomlari