1984-yilgi Nogironlar uchun moʻljallangan xalqaro oʻyinlar, odatiy holatda 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari deb nomlanadi, u oʻz tarixida oʻtkazilgan yettinchi Paralimpiada oʻyinlari edi. Ikki alohida musobaqa boʻlib oʻtdi: biri Buyuk Britaniyaning Stoke Mandeville shahrida orqa miya jarohatlari boʻlgan nogironlar aravachasida harakatlanuvchi sportchilar uchun, ikkinchisi esa Amerika Qoʻshma Shtatlardagi New Yorkdagi Mitchel Athletic komplex va Hofstra universitetida serebral falaj, amputantlar va „les autres“ (boshqa nogironlik holatlari, shu jumladan koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past sportchilar) uchun. Stoke Mandeville 1948-yildan beri Stoke Mandeville oʻyinlariga mezbonlik qilib kelgan boʻlib, ular Paralimpiya oʻyinlarining boshlanishi hisoblanadi. 1960-yilda Rimda boʻlib oʻtgan 9-xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari hozirda birinchi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari sifatida tan olingan„2012 – Paralimpiya oʻyinlari uyiga qaytadi“ , BBC, 2008-yil 4-iyul.

1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boʻlgani kabi, Los Angelesda boʻlib oʻtgan bu Paralimpiada oʻyinlarini ham Sovet Ittifoqi va Xitoy, Sharqiy Germaniya, Vengriya, Polsha va Yugoslaviyadan tashqari boshqa kommunistik mamlakatlar boykot qilgan. Sovet Ittifoqi oʻsha paytda Paralimpiadada ishtirok etmagan va mamlakatda nogironlar (sovet amaldorlari tomonidan „invalidlar“ deb atalgan) yoʻqligini taʼkidlagan. Sovet Ittifoqi 1988-yilda, Perestroyka davrida birinchi marta Paralimpiadada ishtirok etdi.

1984-yilgi Paralimpiya oʻyinlari Olimpiada oʻyinlari bilan bir xil mezbon shaharda oʻtkazilmagan soʻnggi Yozgi oʻyinlar boʻlgan. 1988-yilda Seul ikkala tadbirga ham mezbonlik qildi va bu holat keyinchalik ham saqlanib qoldi.

Marosimlar 19-iyun kuni soat 14:00da Nyu-York oʻyinlarining ochilish marosimi uchun Mitchel Park stadioniga toʻplangan 14,000 tomoshabin yomgʻirli shamol ostida qoldi. Nyu-York radio boshlovchisi William B. Williams barchani salomlashish nutqi bilan tanishtirib bordi. Bill Buzzeo va Dixie Ramblers, Richie Havens, The New Image Drum and Bugle Corps, ARC Gospel Chorus va Square Dance Extravaganza kabi ijrochilar taqdimot nutqidan keyin chiqish qilishdi. Yopilish marosimida, ICC Prezidenti Archie Cameron oʻyinlarni sportchilar va keyingi mezbon shahar – Janubiy Koreyaning Seul shahri (1988-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari) haqida qisqa nutq soʻzlab rasman yopib berdi. Oʻyinlar bayrogʻi tushirildi va amerikalik sportchilar bayroqni sharaf stendiga olib borib, Tashkiliy qoʻmita raisi Dr William T. Callahan va Cameronga topshirdilar.

Maskot

1984-yilgi Paralimpiya oʻyinlarining maskoti – rasm oʻqituvchisi Maryanne McGrath Higgins tomonidan ishlab chiqilgan Den D. Layn (Dan D. Lion) edi. Nomni Human Resources maktabi (hozirgi Henry Viscardi School), New Yorkdagi Albertson jiddiy jismoniy nuqsonlari boʻlgan oʻquvchilar uchun maktab oʻquvchilari taklif qilishgan. Boshqa dizaynga ega boʻlgan yana bir Den D. Layn maskoti Stoke Mandeville qismidagi oʻyinlarda Britaniya terma jamoasining maskoti boʻlgan

Sport turlari Musobaqa ishtirokchilari beshta nogironlik turi boʻyicha guruhlarga ajratilgan edi: amputantlar, serebral falaj, koʻzi ojiz, nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar va „les autres“ (oldingi oʻyinlarda ishtirok eta olmagan jismoniy nogironlikka ega sportchilar). Nogironlar aravachasi toifasi orqa miya shikastlanishi tufayli aravachadan foydalanadigan sportchilar uchun moʻljallangan edi. Biroq amputantlar va serebral falaj toifalaridagi baʼzi sportchilar ham nogironlar aravachasida qatnashdilar. Yengil atletika sporti doirasida birinchi marta nogironlar aravachasida marafon musobaqasi oʻtkazildi. 1984-yilgi Los-Anjeles Olimpiya oʻyinlarida oʻtkaziladigan ikkita nogironlar aravachasidagi musobaqalarning saralash bosqichi Nyu-York oʻyinlari bilan birgalikda oʻtkazildi. Biroq, „paralimpiya“ terminologiyasini ishlatishning uzoq tarixiga qaramay, Qoʻshma Shtatlarda AQSh Olimpiya qoʻmitasi oʻyinlar tashkilotchilariga bu atamadan foydalanishni taqiqladi. Quyida 17 ta sport turi va ularga qaysi nogironlik toifalaridagi sportchilar qatnashishi koʻrsatilgan.

Kamondan otish – Serebral falaj, nogironlar aravachasi va les autres Yengil atletika – Barcha toifalar Bochcha – Serebral falaj Velosport – Serebral falaj Ot sporti – Serebral falaj 7 kishilik futbol – Serebral falaj Goalball – Koʻzi ojizlar Chim toʻpi – Amputantlar va nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar Ogʻir atletika – Amputantlar, serebral falaj, nogironlar aravachasi va les autres Pauerlifting Ogʻir atletika Oʻq otish – Amputantlar, serebral falaj, nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar va les autres Snooker – Nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar Suzish – Barcha toifalar Stol tennisi – Amputantlar, serebral falaj, nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar va les autres Voleybol – Amputantlar va les autres Nogironlar aravachasida basketbol – Nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar va les autres Nogironlar aravachasida qilichbozlik – Nogironlar aravachasida harakatlanuvchilar Kurash – Koʻzi ojizlar

Medallar jadvali

Mezbon davlatlar – Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar maxsus ajratib koʻrsatilgan. Bahrayn, Xitoy, Iordaniya, Trinidad va Tobago oʻzlarining birinchi medallarini qoʻlga kiritdi, Lyuksemburg esa birinchi oltin medalini qoʻlga kiritgan.

Ishtirokchi MOQ delegatsiyalari 1984-yilgi Paralimpiadada 54 ta delegatsiya ishtirok etdi. Bahrayn, Xitoy, Sharqiy Germaniya, Farer orollari, Iordaniya, Lixtenshteyn, Papua Yangi Gvineya, Tailand, Trinidad va Tobago va Venesuela birinchi marta ishtirok etishdi, Hindiston va Portugaliya esa 12 yillik tanaffusdan keyin o'yinlarga qaytishdi.

Mezbon shaharlarda qabul qilish Long-Aylenddagi mahalliy kollejning gumanitar fanlar professori va Avstriya terma jamoasining tarjimoni Odeda Rozental bir qator maqolalarida oʻyinlardagi muammolarni taʼkidlab o'tgan. U aloqaning yomonligi, maʼmuriy muammolar va hatto avtobus haydovchilarining musobaqalarga borish yoʻlini bilmasligi kabi bir qator muammolarni taʼkidlagan, bu baʼzi jamoalarning musobaqalarni butunlay oʻtkazib yuborishiga sabab bo'lgan. Rozental politsiya boshligʻining ishini qattiq tanqid qilib, boshliq „tartibsizliklarni hal qilish uchun taklif qilingan har qanday narsaga qarama-qarshi yoʻl tutdi“ deb aytgan. Biroq, umumiy hisobotlar va oʻyinlarning umumiy taassuroti doʻstona muhit va koʻngillilarning qiyin sharoitda harakat qilishganini tasdiqlagan.

Yana qarang

1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari 1984-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari 1984-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari

Manbalar

Havolalar Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi

Paralimpiya Yozgi Turkum:1984-yilda Angliya sporti Yozgi Paralimpiada Turkum:1980-yillarda Bekingemshir Yozgi Paralimpiada Paralimpiya oʻyinlari Yozgi Paralimpiada Yozgi Paralimpiada Yozgi Paralimpiada Yozgi Paralimpiada, 1984 Paralimpiada Turkum:Stoke Mandeville Turkum:Bekingemshirda sport Turkum:AQShda boʻlib o'tgan koʻp sport turlari boʻyicha musobaqalar Turkum:Birlashgan Qirollikda boʻlib oʻtgan koʻp sport turlari boʻyicha musobaqalar Turkum:Long-Aylendda sport