Ajeeb – shaxmat oʻynaydigan „avtomat“ boʻlib, u 1868-yilda mebelsoz Charles Hooper tomonidan yaratilgan va ilk bor Royal Polytechnical Instituteda namoyish etilgan. Toʻliq avtomatlashtirilgandek koʻrsatilgan bu qurilma aslida ichida yashirincha oʻtirgan kuchli shaxmatchi yordamida boshqarilgan sunʼiy mexanik texnologiya namunasi edi. U minglab tomoshabinlarni oʻziga tortgan boʻlib, uning raqiblari orasida Harry Houdini, Theodore Roosevelt va O. Henry kabi mashhurlar ham boʻlgan.
Ajeeb nomi arabcha ʿajīb (عجيب) – „ajoyib“, „hayratlanarli“ degan soʻzdan olingan. Ushbu qurilmaning orqasida turgan „daho“ shaxmatchilar orasida Harry Nelson Pillsbury (1898–1904), Albert Beauregard Hodges, Constant Ferdinand Burille, Charles Moehle va Charles Francis Barker boʻlgan. Ajeeb 1885-yilda Eden muzeyida, 1915-yilda esa Coney Islandda namoyish etilgan.
Qurilma shaxmatdan tashqari, dama ham oʻynagan. Ajeeb kabi qurilmalar mashhur Mexanik turkdan keyin va Mefistodan oldin yaratilganChess Automatons ChessBase :: Spotlights :: Der Schachtürke .
Manbalar
Turkum:Shaxmat tarixi