Joshua Kofi Acheampong (2006-yil 5-mayda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Chelsea“ klubi himoyachisi.

Yoshligi Asli kelib chiqishi ganalik boʻlgan Achempong Londonda tugʻilgan. U dastlab „Chelsea“ akademiyasining 8 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagilar jamoasida faoliyatini boshlagan.

Klublardagi karyerasi 2024-yilning 3-yanvarida Acheampong „Chelsea“ bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2024-yilning 11-martida futbolchi „Newcastle United“ga qarshi Premyer-liga oʻyinida jamoa qaydnomasiga kiritildi, ammo oʻyin yakuniga qadar zaxirada qoldi. 2024-yilning 2-may kuni, 18 yoshga toʻlishidan uch kun oldin, Acheampong oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. Premyer-liga doirasida boʻlib oʻtgan „Tottenham“ga qarshi London derbisida oʻyinining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.

Shartnomasini uzaytirish bilan bogʻliq muammolar tufayli asosiy jamoadan bir muddat uzoqda boʻlganidan soʻng, u 2024-yilning 12-dekabrida UEFA Konferensiyalar ligasida „Astana“ klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda boshladi. 18-dekabr kuni „Chelsea“ Acheampong bilan shartnomani 2029-yilning iyuniga qadar uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. 2025-yilning 4-yanvarida Acheampong Premyer-ligadagi debyutini Londonning „Crystal Palace“ga qarshi oʻtkazdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va „Chelsea“ bosh murabbiyi Enzo Maresca uni maydondagi eng yaxshi futbolchi deb eʼtirof etdi.

Terma jamoadagi karyerasi 2023-yilning may oyida Acheampong 2023-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibidan joy olgan edi. 2023-yilning noyabr oyida u 2023-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etdi va Yangi Kaledoniyaga qarshi dastlabki oʻyinida gol muallifiga ham aylandi.

2024-yil 4-sentyabr kuni Acheampong Nedelišche shahrida Italiyaga qarshi kechgan bahsda Angliya U-19 terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.

10-oktyabr kuni Acheampong Frosinone shahrida Italiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda mamlakatining U-20 terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistikasi

+ Klub miqyosidagi turli turnirlar doirasidagi statistikasiKlubMavsumLigaAngliya kubogiAngliya Liga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea2023–2024Premyer-liga100000——102024–2025Premyer-liga4000107010130Karyerasidagi umumiy5000107010140

Sovrinlar Chelsea UEFA Konferensiyalar ligasi: 2024–2025 FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025

Manbalar

Turkum:Londonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Konferensiyalar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar