„Stargirl Interlude“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi Lana Del Rey ijrosidagi qoʻshiq. „Interlyudiya“ sifatida talqin qilingan ushbu trek The Weekndning uchinchi studiyaviy albomi – Starboy (2016) tarkibiga kiradi. Trek nomi albomdagi bosh qahramon – Starboy nomiga bevosita ishora boʻlib, matnda uning ayoliy muqobili – Stargirl obrazi tasvirlanadi. Qoʻshiq The Weeknd va Lana Del Rey tomonidan Martin „Doc“ McKinney hamda Labrinth bilan hamkorlikda yozilgan.
Bu qoʻshiq The Weeknd va Lana Del Rey oʻrtasidagi toʻrt hamkorlikdan ikkinchisi hisoblanadi. Undan keyin esa Lana Del Reyning beshinchi studiyaviy albomi – Lust for Life (2017) tarkibidagi, albom nomiga ega trek eʼlon qilingan.
Tarixi 2012-yildan beri doʻst boʻlgan Del Rey va The Weeknd bundan avval 2015-yilda uning Beauty Behind the Madness albomidagi „Prisoner“ qoʻshigʻida hamkorlik qilishgan. Shundan soʻng, ular 2015-yilda bir nechta studiya sessiyalarida yana birga ishlashgan va bu hamkorlik natijasida Starboy albomidagi „Stargirl Interlude“ hamda „Party Monster“ treklariga asos solingan. „Party Monster“ qoʻshigʻi matni Del Rey bilan birga yozilgan boʻlib, u rasmiy ravishda tilga olinmagan boʻlsa-da, vokal ijrosi bilan ham unda ishtirok etgan.
Tijoriy koʻrsatkichlari Starboy albomi chiqqanidan soʻng, singl sifatida chiqarilmagan bir nechta qoʻshiqlar turli musiqiy chartlarda debyut qilgan. Ulardan biri boʻlgan „Stargirl Interlude“ AQShning Billboard Hot 100 chartida 61-oʻringacha, Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart roʻyxatida esa 73-oʻringacha koʻtarilgan. Qoʻshiq, shuningdek, Billboard Hot R&B Songs chartida ham paydo boʻlib, 21-oʻringa chiqqan. 2022-yilda „Stargirl Interlude“ning albomdagi yana bir trek – „Die for You“ bilan birga TikTok ijtimoiy tarmogʻida virusli tarzda ommalashishi qoʻshiqqa boʻlgan qiziqishni orttirdi. Natijada, striming va sotuv hajmi oshdi va qoʻshiq joy olgan albom Billboard 200 chartining kuchli 40 taligiga qaytdi. Shu bilan birga, „Stargirl Interlude“ Spotify platformasida eng koʻp tinglangan interlyudiya sifatida eʼtirof etildi. Bu yutuqni The Weeknd oʻzi ham nishonladi.
Chartlar
Haftalik chartlar + Chart (2016–2023) Eng yuqorioʻrin International (IFPI) 26 (AGATA) 66
Yil yakuniga koʻra chartlar + Chart (2022) Oʻrin (AGATA) 91
Sertifikatsiya +„Stargirl Interlude“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarBirlashgan Qirollik (BPI)Platina600,000Braziliya (Pro-Música Brasil)Oltin30,000Daniya (IFPI Danmark)Oltin45,000Fransiya (SNEP)Platina200,000Ispaniya (PROMUSICAE)Oltin30,000Italiya (FIMI)Oltin50,000Kanada (Music Canada)Oltin40,000Polsha (ZPAV)2× Platina100,000Yangi Zelandiya (RMNZ)2× Platina60,000StrimingGretsiya (IFPI Greece)2× Platina4,000,000
Manbalar
Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Lana Del Rey qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar