Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad ibn as-Sariy az-Zajjoj () – Basra maktabi grammatik olimi, filologiya va ilohiyot boʻyicha yetuk mutaxassis, Abbosiylar saroyida eʼtiborli shaxs sifatida tanilgan. 922-yilda Bagʻdodda vafot etgan.
Hayoti Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad as-Sariy az-Zajjoj dastlab shishasoz boʻlgan, „az-Zajjoj“ soʻzi ham aynan „shishachi“ degan maʼnoni anglatadi. Keyinchalik bu hunarni tashlab, tilshunoslik sohasini oʻrganishga kirishgan. Basra maktabining yetakchi grammatiklaridan al-Mubarrad va Kufa maktabining namoyandasi Saʼlab qoʻlida tahsil olgan. Al-Zajjoj oʻz davrining eng iqtidorli talabalaridan biri boʻlgan. U Basra grammatiklaridan Abu Fahd rahbarligida mashhur tilshunos Sibavayhning „Al-Kitob“ asarini chuqur oʻrgangan.
Az-Zajjoj dastlab vazir Ubaydulloh ibn Sulaymon ibn Vahbning oʻgʻli Qosim ibn Ubaydullohning murabbiyi sifatida Abbosiylar saroyiga kelgan. Keyinchalik xalifa al-Mutazidning oʻgʻillariga ham murabbiylik qilgan.
Manbalar
Turkum:922-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr tilshunoslari Turkum:10-asr filologlari Turkum:10-asr olimlari