Muflih, shuningdek, al-Asvad („qora“) va al-Xadim („xizmatkor“) laqablari bilan tanilgan, Abbosiylar xalifasi al-Muqtadir () hukmronligi davrida saroyning bosh xizmatchi boʻlgan.
922/923-yillarga kelib, u saroyda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan va oʻzi yoqtirmagan vazir Hamid ibn al-Abbosni lavozimidan chetlatishni qoʻllab-quvvatlagan. Uning oʻrniga Ali ibn al-Furotning tayinlanishi tarafdori boʻlgan. Biroq Muflih, shuningdek, Ali ibn al-Furotning oʻgʻli al-Muhassin tomonidan qiynoqqa solinayotgan Ali ibn Iso al-Jarrohni jazodan qutqarish ishlariga aralashgan. Ali ibn Iso esa Hamid ibn al-Abbosning yordamchisi boʻlgan,
925-yil sentyabr-oktyabr oylarida Muflih Tugʻur viloyati hokimi oʻrinbosari Bushra as-Samaliy bilan birgalikda Vizantiya imperiyasi bilan mahbuslar almashinuvini nazorat qilgan. Arab manbalarida „fida Muflih“ deb nom olgan bu almashuv natijasida qariyb 4 000 nafar musulmon erkak va ayol asirlikdan ozod qilingan.
Tarixchi as-Suliyning maʼlumotlariga koʻra, Muflih xalifa ar-Radiy hukmronligi davrida, yaʼni 935-yilda Quddus hokimi etib tayinlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari