Quvvati 45 MVt boʻlgan Hisorak GES bilan adashtirib yuborilmasin.

Hisorak KGES – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasida Oqsuv daryosida joylashgan gidroelektr stansiya. Rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Ochilboy Ramatov, Oʻzbekgidroenergo Boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov va boshqa mas’ullar ichtirokida oʻtkazilgan.

Umumiy tavsifi Hisorak kichik GES 2025-yilda foydalanishga topshirilgan. Stansiya 1988-yilda sugʻorish uchun suv toʻplash maqsadida yaratilgan Hisorak gidrouzeli toʻgʻoniga tutashtirilgan. Suv omboridan sugʻorish uchun chiqariladigan suv ajratmalari asosida ishlaydi.

Kichik GES quvvati – 3,5 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 17,5 mln kVt*soat.

Loyiha qiymati 1,5 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Hisorak KGES faoliyati tufayli yiliga oʻrtacha 5 mln m³ tabiiy gaz tejaladi. Stansiyada generatsiya qilingan elektr 7 300 ta xonadonga yetadi

Kichik GES qurilishi toʻliq mahalliylashtirish doirasida amalga oshirilgan. Loyihalash ishlarini Oʻzbekgidroenergo tarkibidagi Gidroproyekt, qurilish-montaj ishlarini „Gidroqurilish buyurtmachi xizmati“ MCHJ bajargan.

GES toʻgʻoni Hisorak suv omborini hosil qiladi. Suv ombori umumiy hajmi 170 mln m³ boʻlib, foydalaniladigan qismi 162 mln m³ tashkil etadi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston gidroelektr stansiyalari Turkum:Oʻzbekgidroenergo Turkum:Shahrisabz tumani