Mahāyāna buddizmida bodhichitta („maʼrifatga intilish“ yoki „uygʻonish fikri“) – bu barcha jonli mavjudotlar foydasi uchun donishmandlik (prajñāpāramitā) va rahm-shafqat (Karuṇā) orqali uygʻonishga qaratilgan ongdir (chitta)Dayal, Har (1970). The Bodhisattva Doctrine in Buddhist Sanskrit Literature, 59-bet. Motilal Banarsidass Publ.Buswell, Robert E; Lopez, Donald S. The Princeton Dictionary of Buddhism, 130-bet. Princeton University Press, 2013-yil 24-noyabr..

Bodhichitta – bu Mahāyāna anʼanasidagi bodhisattvaning (yaʼni, buddalikka erishishga intilayotgan mavjudot) asosiy sifati hisoblanadi. Bodhichittaning yuzaga kelishi (bodhicittotpāda) bodhisattvani aynan bodhisattvaga aylantiruvchi holatdir. Bodhichitta – bodhisattvaning kelajakdagi buddaligiga olib boruvchi sababdir. Oʻn bosqich sutrasiga koʻra, bodhichittaning yuzaga kelishi bodhisattvaning ruhiy yoʻlida birinchi qadamdirDayal, Har (1970). The Bodhisattva Doctrine in Buddhist Sanskrit Literature, 50-bet. Motilal Banarsidass Publ..

Etimologiyasi Etimologik jihatdan bu atama Sanskrit tilidagi bodhi va chitta soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Bodhi – „uygʻonish“ yoki „maʼrifat“ degan maʼnoni anglatadi. Chitta esa sanskritcha chit so'zidan kelib chiqqan boʻlib, „ongli narsa“, yaʼni „ong“ yoki „shuur“ degan maʼnoga ega. Shu sababli, bodhichitta „ogning uygʻonishi“ yoki „maʼrifatning oydinligi“ deb tarjima qilinadi. Baʼzan bu atama „maʼrifat intilish istagi“ deb ham tarjima qilinadi.

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Rahmdillik va Bodhitchitta Bodhichitta nima? Yangi boshlanuvchilar uchun buddizm

Turkum:Buddizmning falsafiy tushunchalari Turkum:Tibet buddizmining falsafiy tushunchalari