Ubayda at-Tunburiya (), shuningdek, Obeydet yoki Ubayda, arab millatiga mansub tunbur yoki pandura ijrochisi, qoʻshiqchi.

Ubaydaning otasi Abdulloh ibn Tohir al-Xurosoniyning safdoshlaridan birining mavlosi boʻlgan. Tanbur chalishni uyiga az-Zabaydiy at-Tunburiydan oʻrgangan.

Ota-onasining vafotidan keyin Ubayda xalq qoʻshiqchisi boʻlgan. Keyinchalik uni Ali ibn al-Faraj al-Jahhiy sotib olgan. Ularning bir oʻgʻli boʻlgan. Ubayda bir qancha kishilar bilan ishqiy munosabatda boʻlgan va ulardan katta boylik orttirgan.

Ubayda oʻz davrining eng yaxshi cholgʻuchisi boʻlgan va tunbūrīyya nomini olgan. Uning zamondoshi, tunburchi Masdud Ubaydaga magʻlub boʻlishdan qoʻrqib u bilan musobaqalashishni istamagan. Musiqachi Isʼhoq al-Mavsiliy u haqida shunday degan: „Tunbur chalish sanʼatida kim Ubaydadan oshib oʻtmoqchi boʻlsa, shunchaki shovqin qiladi, xolos“. U bir safar Ubaydaning chiqishiga yashirin mehmon sifatida tashrif buyurgan. Ubayda u yerda nihoyatda mahorat bilan ijro etgan, biroq Is’hoqning borligidan xabar topgach, chalishdan toʻxtab qolgan. Ubaydaning tanburiga „Muhabbatda xiyonatdan boshqa hamma narsa kechiriladi“ degan yozuv boʻlgan.

Manbalar

Turkum:9-asr arab shaxslari Turkum:9-asr ayol musiqachilari