Sulaymon ibn Abdulloh ibn Tohir () – IX asrda Abbosiylar xalifaligi xizmatidagi Tohiriylar sulolasiga mansub amaldor. Tabaristonning soʻnggi hokimi, 864-yilda al-Hasan ibn Zayd boshchiligidagi qoʻzgʻolon natijasida hokimiyatdan agʻdarilgunga qadar hukmronlik qilgan. Keyinchalik, 869-yilda Bagʻdod va Savod viloyatlariga hokim etib tayinlangan va bu lavozimni 879-yilda vafotiga qadar egallab turgan.
Tabariston hokimligi Sulaymon 828-yildan 845-yilgacha Xuroson hokimi boʻlgan Abdulloh ibn Tohirning oʻgʻli edi. Tarixchi Ibn Isfandiyorning maʼlumotlariga koʻra, Sulaymon 851 yoki 854-yilda Tabariston viloyatiga hokim etib tayinlangan va bu lavozimda Tohiriylar nomidan xizmat qilgan, chunki bu viloyat ularning yurisdiksiyasiga kirgan. Tabaristonda hokimlik qilgan davrida Sulaymon oʻzining noibi Muhammad ibn Avs al-Balxiy taʼsiriga tushib qolgan, Muhammad esa oʻz oilasining aʼzolarini viloyatdagi shahar va tumanlarga hokim etib tayinlay olgan. Biroq bu shaxslar mahalliy aholiga nisbatan nihoyatda shafqatsiz munosabatda boʻlganlar va natijada Sulaymonning boshqaruvi haddan tashqari zolimlikda va soliqqa tortishda ayblana boshlagan; ..
864-yilga kelib, Tabaristonda Tohiriylar boshqaruvining adolatsizligi viloyatning gʻarbiy tumanlarida yashovchi aholining qoʻzgʻolon koʻtarishiga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolonchilar Aliylardan boʻlgan al-Hasan ibn Zayd ismli kishini yetakchi sifatida eʼlon qildilar va qisqa fursatda kuchayib bordilar. Ularni nafaqat tabaristonliklar, balki qoʻshni Daylam viloyati aholisi ham keng qoʻllab-quvvatladi. Muhammad ibn Avs ustidan jangda gʻalaba qozongan qoʻzgʻolonchilar 864-yilning noyabr oyida Omul shahriga kirib bordilar, undan soʻng Sulaymon joylashgan Sariya tomon yurish qildilar. Sulaymonning askarlari shahar mudofaasi uchun mas’ul qilgan boʻlsa-da, al-Hasan oʻz qoʻshinining bir qismini yashirin yoʻl bilan u yerga yuborib, hech qanday qarshiliksiz Sariyaga kirishga erishdi. Shundan soʻng Sulaymon Tabaristonni tashlab, Jurjon shahriga chekinishga majbur boʻldi. Shundan soʻng, nihoyat, viloyat ustidan toʻliq nazorat al-Hasanning qoʻliga oʻtdi; ; ; ..
Jurjonga chekinganidan soʻng Sulaymon oʻz qoʻshinlarini qayta toʻpladi va Xuroson hokimi boʻlgan jiyani Muhammad ibn Tohirdan yordam kuchlari soʻradi. Shundan soʻng u yana Tabariston tomon yurish qilib, 865-yil boshlarida qoʻzgʻolonchilarga qarshi jangda gʻalaba qozondi. Bu gʻalaba natijasida al-Hasan chekinishga majbur boʻldi va Sulaymon viloyatning katta qismini qayta egallashga muvaffaq boʻldi. Biroq bu muvaffaqiyat uzoqqa choʻzilmadi, qoʻzgʻolonchilar bilan yana kurash boshlandi va Sulayonning qoʻshini magʻlubiyatga uchradi. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng u yana Jurjonga chekinishga majbur boʻldi. Oradan koʻp oʻtmay, qoʻzgʻolonchilarga qarshi yana bir yurish uyushtirildi, biroq yurish ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Shundan soʻng Sulaymon Tabaristonni qaytarib olishga boʻlgan urinishlaridan butunlay voz kechdi; ..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:879-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligining Tabaristondagi hokimlari