Nabi ( — paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Nabi Abdurahmonov — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005-yil). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1994); Nabi Gʻaniyev — kinorejissor, oʻzbek kinosining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944); Nabi Hafizov — naqqosh va musavvir, birinchi oʻzbek plakatchisi; Nabi Jaloliddin — oʻzbek yozuvchisi va shoiri; Nabi Majidov — nevropatolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1966); Nabi Rahimov — oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori; Nabi Rizaev — kimyo texnologiyalari va injeneriyasi sohasida faoliyat koʻrsatgan oʻzbek olimi. Texnika fanlari doktori, professor; Nabi Ziyadullayev — oʻzbek va rossiyalik olim-iqtisodchi, mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, xalq xoʻjaligini boshqarishni modellashtirish boʻyicha mutaxassis, iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha metodologiya va strategiyani ishlab chiquvchilardan biri; Nabijon Boqiy — yozuvchi, tarjimon va jurnalist; Nabijon Hasanov — oʻzbek bastakori va sozandasi (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967); Nabijon Mingboyev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant; Nabijon Nazirov — fiziolog, radiobiolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), professor (1969); Nabijon Qodirov — Rishton kulolchilik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001); Nabijon Qosimov — o‘zbek diplomati va xalqaro iqtisodchi; Nabijon Xalilov — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989).

Familiyalar

Nabiyev Nabiyeva

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari