Hilda Vīka (1897-yil 5-noyabrda tugʻilgan – 1963-yil 14-fevralda vafot etgan), shuningdek, Hilda Vīka-Eglīte nomi bilan ham tanilgan latviyalik rassom va yozuvchi. Sheʼrlar, hikoyalar va romanlar yozgan. 1930-yillardan boshlab oʻz ijod namunalarida Latviya mifologiyasini mujassam eta boshlagan. Sovet davrida sotsialistik realizmga moslashgan, biroq 1950-yillarda rassomlar uyushmasidan chiqarib yuborilgan. Yozuvchi Viktors Eglītis bilan oila qurgan.

Yoshlik yillari va taʼlimi Asosan Hilda Vīka nomi bilan tanilgan Hildegarde Natālija Vīka 1897-yil 5-noyabrda Latviyaning Riga shahrida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Otto Vīka va Elvīne Vīka (qizlik familiyasi Blosfelde) davlat xizmatidagi kishilar boʻlgan. Yetti yoshida otasi vafot etgan, shundan soʻng bolaligining bir qismi Dobele yaqinidagi qishloqda ona tomondan bobo-buvisi bilan oʻtgan. Onasi ikkinchi marta turmushga chiqqach, ular yana Rigaga qaytishgan. Onasi nemis millatiga mansubligi sababli Vīka nemis qizlar maktabida taʼlim olgan.

Birinchi jahon urushi paytida Vīka yordamchi hamshira sifatida xizmat qilgan, Rossiya, Polsha va Litvada oʻqituvchi va xizmatkor boʻlib ishlagan hamda buxgalteriya kursini tamomlagan. Urushdan keyin Rigaga qaytgach, 1935-yilga qadar davlat xizmatchisi va bank xodimi sifatida faoliyat yuritgan. Mehnat faoliyati bilan bir qatorda 1920–1922-yillarda universitetida sanʼat sohasida taʼlim olgan va rassomlar Roman Suta (1921–1922), Avgust Zauers (1922–1925) va Uga Skulme (1925–1927) shogirdligi ostida tahsil olgan.

Shaxsiy hayoti

Vīka bir necha marta kasallikka chalingan. 1928-yilda undan oʻsimta olib tashlangan va shu sababli farzand koʻrolmagan. 1929-yil dekabr oyida Vīka oʻzidan 20 yosh katta yozuvchi Viktors Eglītis bilan tanishgan va ular 1930-yil 20-dekabrda turmush qurishgan. Toʻy marosimi neopagan Dievturība harakati anʼanalari asosida oʻtkazilgan. Vīka erining boshqa turmushidan dunyoga kelgan oʻgʻillari Anšlavs va Vidvudga onalik qilgan. Oʻgʻli Anšlavs 1930-yillarda mashhur yozuvchiga aylangan va oʻgay onasining ijodi va shaxsiyati unga taʼsir koʻrsatgan. Eri Victors Eglītis 1945-yil aprel oyida sovet qamoqxonasida vafot etgan, u Vīkaning tasviriy sanʼat asarlarini saqlab qolishga harakat qilgani uchun hibsga olingan.

Manbalar

Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:5-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda vafot etganlar Turkum:14-fevralda vafot etganlar