Sara Cognuck – Kosta-Rikalik iqlim faoli.
Hayoti va taʼlimi Kognuk bolaligida Peñas Blancas tumanida yashagan. Hozirda Esparsa kantonida istiqomat qiladi. U Kosta-Rika universiteti bitiruvchisidir.
Faoliyati Sara faoliyatini 15 yoshida boshlagan. Uning loyihalaridan biri 2015–2016-yillarda Kosta-Rika Yoshlar milliy kengashiga qoʻshilganida boshlangan boʻlib, bu „2020–2024-yillardagi Yoshlar davlat siyosatiga“ iqlim harakatlarini kiritish harakatining bir qismi boʻlgan.
24 yoshida Kognuk shuningdek COP 25 oldidan oʻtkazilgan Yoshlar mahalliy konferentsiyasi (LCOY) koordinatori va 2019-yilda 70 nafar yosh ishtirokchi bilan tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim oʻzgarishining asosiy konvensiyasi Yoshlar tarkibiy qismi aʼzosi boʻlgan. U shuningdek „Bolalar, yoshlar va iqlim harakatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ning yoshlar vakili hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Ayol ekologlar Turkum:Yosh iqlim faollari Turkum:Kosta-Rikalik iqlim faollari Turkum:Kosta-Rikalik ayol faollar Turkum:Kosta-Rika universiteti bitiruvchilari Turkum:Kosta-Rikalik ekologlar