thumb|Muhammad at-Tohir ibn Ashur (), tafsir ilmiga oid keng tarqalgan manbalardan biridir. Ushbu asar () nomi bilan mashhur. Asar muallifi Muhammad Tohir ibn Ashur – zamonaviy islom olimi, Zitouna universitetini tamomlagan va islom modernizmi harakatining yirik arbobi hisoblanib, eng mashhur asari Qurʼon tafsiri (tafsir) asaridir. Kitob uning ellik yillik mehnatining mahsulidir va ibn Ashur unda germenevtik yondashuvga oid barcha yangilik va islohotchi tamoyillarini jamlagan. Uning yondashuvi asosan, Qur’onning ritorik (mantiqiy-ifodaviy) jihatiga urgʻu berishi bilan ajralib turadi, anʼanaviy tafsir ilmi (rivaya)ga toʻliq tayangan boshqa mufassirlardan farq qiladi. Ibn Ashur oʻzidan oldingi mufassirlarning fikrlariga asoslanib, ilmiy yangilik kiritmaydigan metodologiyani tanqid qilgan. Shuningdek, odamlarning ilohiy vahiy bilan anʼanalar oʻrtasidagi ziddiyatlar haqida asossiz xavotirlarini ham xato deb hisoblagan. Ushbu asar 1984-yilda Tunis nashriyot uyida nashr etilgan, 30 jilddan iborat boʻlib, bugungi kunda zamonaviy Qur’oni karim tafsirining eng muhim naʼmunalari hisoblanadiتفسير التحرير والتنوير تأليف:سماحة الاستاذ الإمام الشيخ محمد الطاهر بن عاشور الناشر: الدار التونسية للنشر- تونس 1984.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Sunniy tafsir