Armaniston xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari instituti (AXXTI) () – Armanistondagi nodavlat tashkilot. 2014-yilda tashkil etilgan mustaqil tadqiqot instituti boʻlib, shtab-kvartirasi Yerevanda joylashgan. Meritage partiyasi sobiq aʼzosi Styopa Safaryan institut asoschisi va hozirgi bosh tadqiqotchisidir.
Tarixi Armaniston xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari instituti 2014-yilda mustaqil tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. Institut Armaniston uchun mustaqil tashqi siyosatni ishlab chiqish, inson huquqlari va siyosiy erkinliklarni rivojlantirish, shuningdek erkin bozor iqtisodiyotini himoya qilishga qaratilgan. AXXTI seminarlar, konferensiyalar oʻtkazadi, turli mavzularda maqolalar nashr etadi va hukumat amaldorlari bilan muntazam ravishda siyosiy forumlar uyushtiradi. Institut NATO va Milliy demokratiya jamgʻarmasi kabi xalqaro hamkorlar bilan ishlaydi.
Faoliyati 2015-yil 9-iyunda Styopa Safaryan Rossiya Armanistonga YI bilan Assotsiatsiya kelishuvi imzolamaslik uchun shantaj qilganini aytgan. Safaryan Armaniston hukumatini YI bilan muzokaralarni qayta boshlashga chaqirgan.
2015-yil 10-avgustda Safaryan Armanistonning Rossiya rahbarligidagi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qoʻshilishidan hech qanday foyda koʻrmaganini va bu iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilish Armaniston iqtisodiyotiga yaxshilik keltirmaganini taʼkidlagan.
2018-yil 7-iyulda sobiq Armaniston Prezidenti Armen Sarkissian „Demokratiya, Xavfsizlik va Tashqi Siyosat“ mavzusidagi uchinchi yillik AXXTI Yoshlar Forumida nutq soʻzlagan. Prezident Armaniston Konstitutsiyasining jamiyat uchun ahamiyati haqida gapirgan.
2019-yil 4-aprelda Styopa Safaryan 2018-yil Armaniston inqilobidan keyin Armaniston hukumatining demokratik islohotlarni amalga oshirish borasida muvaffaqiyat qozonganini taʼkidlagan.
Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushidan soʻng, AXXTI Armaniston–Ozarbayjon chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni, shuningdek Togʻli Qorabogʻ mojarosining hal etilishini talab qilgan.
2021-yil 16-sentyabrda AXXTI va Armanistonning Ukrainadagi elchisi Armaniston–Ukraina munosabatlarini kengaytirish hamda arman va ukrain tadqiqot markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qilishgan.
2022-yil 21-oktyabrda AXXTI Armaniston Xavfsizlik kengashi rahbari Armen Grigoryan bilan uchrashuv oʻtkazgan. Siyosiy va milliy xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.
2024-yil 21-iyunda Safaryan Milliy assambleyada boʻlib oʻtgan eshituvda ishtirok etib, hukumatni Armanistonning YIga aʼzolik uchun nomzod maqomi uchun referendum oʻtkazishga chaqirgan. Safaryan: „Armaniston uchun YIga qoʻshilish, birinchi navbatda, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun ittifoqchilarga ega boʻlishdir. Yerevan Yevrointegratsiya orqali 20 dan ortiq ittifoqchiga ega boʻlish imkoniyatiga egadir. Xavfsizlikdan tashqari, bu farovonlik va taraqqiyotni ham olib keladi“, degan.
Yana qarang Armaniston–Yevropa Ittifoqi munosabatlari Armanistonning tashqi aloqalari Armanistonda inson huquqlari Armaniston siyosati Armanistondagi ijtimoiy muammolar
Manbalar
Havolalar Armaniston xalqaro xavfsizlik tadqiqotlari instituti Facebookda
Turkum:Yevropadagi nodavlat tashkilotlar Turkum:2014-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum:Armanistondagi tadqiqot institutlari Turkum:Armanistonning tashqi aloqalari Turkum:Armanistonda inson huquqlari