Maqsud ( — istalgan, talab qilingan, moʻljallab qoʻyilgan; niyat, istak) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Maqsud Alixonov-Avarskiy — rus general-leytenanti (1907-yil 22-aprel), Marv okrugi qoʻmondoni va Tiflis gubernatori; Maqsud Isoqov — geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Maqsud Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi; Maqsud Mahmud Ali — hindistonlik qoʻshiqchi; Maqsud Qoriyev — yozuvchi va jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi; Maqsud Qosimov — yogʻoch oʻymakori, naqqosh usta; Maqsud Qurbonboyev — oʻzbek iqtisodchisi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi III va IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati; Maqsud Sharipov — sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi; Maqsud Sulaymon — qrim-tatar yozuvchisi; Maqsud Yunusov — oʻzbekistonlik rejissyor; Maqsudali Haydarov — sovet va oʻzbek davlat arbobi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Maqsudxoʻja Aʼloxoʻjayev — oʻzbekistonlik futbolchi.

Familiyalar Maqsudov Maqsudova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari