Macron – bosh qarorgohi Bolonya viloyatining Crespellano shahrida joylashgan sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaruvchi shirkat. Sport kiyimlari ishlab chiqarishda Yevropaning yetakchi korxonalaridan hisoblanadi.

Tarix Macron 1971-yilda AQSh sport brendlarining Italiyadagi distribyutori sifatida tashkil etilgan. 1994-yilgacha kompaniya faoliyati Amerika Qoʻshma Shtatlari sport mahsulotlarini import qilishga qaratilgan. Kompaniyaning katta kengayishi 1994-yilda sodir boʻldi va bir vaqtda bosh ofisi Crespellanoga koʻchib oʻtdi.

1994-yildan boshlab kompaniya oʻz brendi ostida mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va 2001-yilda Italiyaning „Bolonya“ futbol klubi bilan birinchi homiylik shartnomasini imzoladi. 2005-yilda kompaniya tashqi bozorga chiqdi.

2014-yilda Macron va „Bolton Wonderers“ ingliz futbol klubi oʻrtasida klubning uy arenasini „Macron Stadium“ deb nomlash toʻgʻrisida shartnoma imzolandi, bu nom 2018-yilgacha arenada qoldi.

2012-yildan boshlab kompaniya bir nechta klublarning texnik homiysi boʻldi: Torpedo Moskva, Arsenal Tula, Argentinos Juniors, Stoke City, Munchen 1860, Napoli, Latsio, Sporting, Mallorca, Real Betis, Oser va boshqalar.

Manbalar

Turkum:Sport kiyimlari brendlari