Laziz ( — lazzatli, totli; nozik) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar Laziz Abduraimov — oʻzbekistonlik futbolchi; Laziz Azizzoda — ilmiy xodim, sharqshunos. „Milliy istiqlol“ tashkiloti faollaridan biri sifatida qatag‘on qilingan; Laziz Orziyev — oʻzbek kino va teatr aktyori; Laziz Qayumov — adabiyotshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor; Laziz Qudratov — oʻzbek davlat arbobi; Laziz Ubaydullayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Laziz Zokirov — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi; Lazizbek Mirzayev — oʻzbek futbolchisi; Lazizbek Mullajonov — oʻzbekistonlik bokschi; Lazizxon Moʻydinov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiyalar
Lazizov Lazizova
Yana qarang
Laziza
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari