Volodimir Volodimirovich Rafeyenko (; 1969-yil 25-noyabr, Donetsk) – rus va ukrain tillarida yozgan ukrainalik shoir va nosir. Rossiya mukofoti laureati.
Hayoti Donetsk milliy universitetini (rus filologiyasi va madaniyatshunosligi) tamomlagan. „BAO,“ „Kassiopeya“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan. „Mnogotochiye“ jurnali muharriri yordamchisi; ilmiy-ommabop va amaliy xarakterdagi kitoblar, detektivlar muallifi va tuzuvchisi. Ijod namunalari 1992-yilda mintaqaviy matbuotda chop etila boshlangan. Birinchi kitobini 1998-yilda chiqargan. Urush boshlanishidan oldin Donetskda yashagan, shundan soʻng Kiyevga koʻchib oʻtgan.
2018-yilda ijodda ukrain tiliga oʻtish qarorini eʼlon qilgan va bu haqda „Rossiya men ukrain tilida yozishni boshlashim uchun koʻp kuch sarflashiga toʻgʻri keldi“ sarlavhali intervyusida maʼlum qilganРафєєнко: Росії довелося докласти багато зусиль, щоб я почав писати українською // , 2.05.2018.. Rafeyenkoning birinchi ukraincha kitobi – „Mondegrіn. Pіsnі pro smert і lyubov“ kitobi 2019-yilda nashr etilgan va adabiy tanqidchilarning baholariga sazovor boʻlgan: xususan, shoir va nosir Oleg Kotsarev kitobni „bosqichli va yorqin“ deb baholagan, bu esa Ukraina adabiyotida „oʻziga xos yozuvchi, mohir stilist“ paydo boʻlganidan dalolat berganО. Коцарев. «Мондеґрін». Культовий письменник із Донецька Рафєєнко написав роман про переселенця українською мовою // ТЕКСТИ.org.ua, 30.05.2019..
Ijodi
Nasr Romanlari:
„Kratkaya kniga proshaniy“ (Nord-Press, Donesk, 2000);
„Kanikuli magov“ („Donechchina“, 2005); „Nevozvratnie glagoli“ (Nord-Press, Donesk 2009); „Moskovskiy divertisment“ („Znamya“ № 8, 2011); „Leto naprolyot“ („Znamya“, 2012); „Demon Dekarta“ (2013) ; „Dolgota dney“ („Fabula“, Xarkov, 2017); „Mondegrіn. Pіsnі pro smert і lyubov“ (Meridian Czernowitz, Chernovsi, 2019)
Hikoyalari „Antologiya strannogo rasskaza“ (Donetsk: STEP-Mnogotochie, 1999), „ENTER. Kniga doneskoy prozi“ (Donetsk, 2001), „Bolshoy fontan odesskogo yumora“ (EKSMO, 2009) toʻplamlariga kiritilgan.
„Flyagrum“ nasriy sheʼrining muallifi („Noviy Mir“ № 1, 2011).
Sheʼriyat Sheʼriy toʻplamlari:
„Tri dnya sredi nedeli“ (Donesk, 1998); „Chastniy sektor“ (Donesk, 2002); „Perevodi cherez dorogu“ (Donesk, 2003).
Sheʼrlari „Osvobojdyonniy Uliss“ antologiyasiga kiritilgan (Moskva, 2004). „Noviy mir“, „Znamya“, „Soti“, „Chernovik“, „Grani“, „Soyuz pisateley“, "Vozdux ", „Vizantiyskiy angel“, „Fontan“, „Magazin Jvaneskogo“, „Kreshatik“, „Solnechnoye spleteniye“, „Mnogotochiye“, „Chetire leni“ va „Rodomisl“, „Dikoye pole“ jurnal va almanaxlarida nashr etilgan.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Ukrainalik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Donetskda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar