Komil ( — yetuk, toʻliq, mukammal) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Davlat va jamoat arboblari

Komil Akramov — sovet siyosatchisi; Komil Aliyev — jurnalist, oʻzbek matbuotida feletonchilik asoschilaridan biri; Komil Allamjonov — oʻzbek jamoat arbobi; Komil Rashidov — Oʻzbekiston davlat arbobi; Komiljon Ernazarov — oʻzbek siyosatchisi; Komiljon Rahimov — oʻzbek siyosatchisi.

Fan arboblari va olimlar

Komil Avaz — oʻzbekistonlik shoir, dramaturg; Komil Hamroyev — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Komil Ibrogimov — Oʻzbekiston qahramoni, Doʻstlik ordeni sohibi; Komil Ikromov — sovet yozuvchisi, dramaturg va publitsist; Komil Jalilov — oʻzbekistonlik pedagog, taʼlim boʻyicha mutaxassis; Komil Mansurov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Komil Meliyev — Sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi; Komil Muqimov — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, fizikamat, fanlari doktori, professor; Komil Nasafiy — mutasavvif; Komil Oqilov — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor; Komil Xorazmiy — Oʻzbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi; Komil Yashin — shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademik, Mehnat Qahramoni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Komil Yusuf al-Bahtimiy — misrlik Qur’on qorisi; Komilbek Norbekov — maʼrifatparvar homiy; Komiljon Abdurashidov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Komiljon Nasriddinov — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Komiljon Tojiboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi botanika instituti rektori; Komiljon Zufarov — oʻzbekistonlik gistolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Komilxon Kattayev — oʻzbekistonlik taniqli matnshunos, tarixchi-manbashunos olim.

Sanʼatkorlar

Komil Yormatov — oʻzbekistonlik rejissyor; Komiljon Jabborov — oʻzbekistonlik sozanda va bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti; Komiljon Karimov — rassom, ganch va naqsh ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Komiljon Otaniyozov — oʻzbek xonandasi, qoʻshiqnavisi, sozandasi va aktyori; Komilqori qiziq — oʻzbek xalq qiziqchisi.

Sportchilar

Komil Fatkulin — sovet-klassik uslubdagi kurashchi; Komil Ferxanov — sovet va rus futbolchisi; Komil O‘rinboyev — o‘zbekistonlik chang‘i sportchisi; Komil Sharofutdinov — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi; Komil Yusupov — kurash sportini yaratgan asoschisi va xalqaro sport arbobi; Komiljon Tojiddinov — oʻzbekistonlik futbolchi; Komiljon Toʻxtayev — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchisi.

Boshqalar

Komiljon Mamajonov — usta dehqon. Oʻzbekiston Qahramoni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor.

Familiyalar Komilov Komilova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari