Rene Erdős (1879–1956) – vengriyalik shoira va yozuvchi. Uning asarlari ayol jinsiyati mavzusini ilgari suruvchi ilk izlanishlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, Vengriyada mustaqil ravishda yozuvchi sifatida kun koʻrgan birinchi ayol hisoblanadi.

Yoshlik davri Renée Erdős 1879-yilda dunyoga kelgan. Tugʻilgan paytidagi ismi Regina Erental. Ularning oilasi pravoslav yahudiylar boʻlib, oʻsha davrda Vengriya Qirolligiga tegishli, hozirgi kunda esa Slovakiya hududiga kiruvchi Veľké Kosihy atrofidagi hududida istiqomat qilgan. Bolaligi Vengriyaning Győr shahrida oʻtgan.

1896- yilda 17 yoshida Erdős Győr shahridan Budapeshtga koʻchib oʻtib, drama maktabiga oʻqishga kirgan, biroq keyinchalik aktrisa boʻlish orzusidan voz kechgan. Keyinchalik jurnalist Marcell Kadosa bilan tanishgach, Kadosa uni yozuvchilik faoliyatini boshlashga undagan.

Shaxsiy hayoti alt=The author Renée Erdős|thumb|Renée Erdős taxminan 1899-yilda Oʻzining adabiy sohadagi daromadi bilan Erdős qishlogʻidan villa sotib olgan, bu qishloq hozirda Budapeshtning Rákosmente tumaniga kiradi.

Erdős bir necha marta romantik munosabatda boʻlgan. Shuningdek, yozuvchi Sándor Bródy bilan ham ishqiy munosabatda boʻlgan. Bródy bilan ajrashgach, 1905-yilda oʻz joniga qasd qilishga uringan. Shundan soʻng uning karyerasiga putur yetgan. Erdősga nevroz tashxisi qoʻyilgan, shundan soʻng oʻz obroʻsi, salomatligi va karyerasini tiklash maqsadida Vengriyani tark etishga majbur boʻlgan. Keyinchalik Italiyaga sayohat qilgan Erdős u yerda katoliklikni qabul qilgan.

Vengriyaga qaytgach, Erdős 1913-yilda sanʼatshunos Lajos Fülepga turmushga chiqdi. Juftlikning bir nafar farzandi boʻlgan, biroq ikkinchi farzandi tugʻilishidan sal oldin, yaʼni 1918-yilda ajrashishgan. 1926-yilda Erdős ikkinchi eri Artur Lőfler bilan oila qurdi. Oʻzidan oʻn yosh kichik boʻlgan Lőfler ilgari Erdősning kotibi sifatida ishlagan. Biroq ushbu nikoh ham oxir-oqibat ajralish bilan yakunlandi.

Manbalar

Turkum:Shoiralar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:1879-yilda tugʻilganlar Turkum:1956-yilda vafot etganlar