„Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ – kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. 2022-yil 15-dekabrda XO, Hollywood Records va Republic Records tomonidan chiqarilgan va Avatar: The Way of Water (2022) filmiga moʻljallangan saundtrek albomning bosh singli sifatida taqdim etilgan. Qoʻshiq The Weeknd, Swedish House Mafia musiqiy guruhidagi trio, shuningdek, filmning musiqiy kompozitori Simon Franglen tomonidan yaratilgan. Musiqiy jihatdan, „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ – „gʻururlantiruvchi“ ballada boʻlib, „madhiyaviy“ kuyga, naqarotda kuchli barabanlar ovoziga ega va baʼzan orqa planda qabilalarga xos sheʼr-qoshiqlar eshtiladi.
Tarixi va chiqarilishi 2022-yil 4-dekabrda The Weeknd oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga saundtrek tizerini joylashtirib, chiqish sanasi – 16-dekabrga ishora qildi. 7-dekabrda James Cameron rejissyorligidagi filmning yangi treyleri chiqdi. Treyler qoʻshiq nomi bilan atalib, qoʻshiqdan parchalar joylashtiriladi. Matbuot anjumaniga koʻra, qoʻshiq „filmning epik doirasini, ajoyib ekshnni va hayajonli dramasini ifodalashni maqsad qilgan“. Filmning premyera marosimida boʻlgan intervyuda prodyuser Jon Landau Complexga shunday deydi: „[The Weeknd] kelganida, Swedish House Mafia qoʻshiqning kontseptsiyasini yaratdi va ular bizning bastakorimiz Simon Franglen bilan ishlashni boshlashdi. Va birgalikda ular The Weekndning oʻziga xosligini aks ettiruvchi, ammo filmga mos qoʻshiq yaratdilar. Va bu biz uchun juda muhim edi. Biz filmning oxirida undan tashqariga chiqadigan (mutlaqo aloqasi yoʻq) narsa boʻlishini xohlamadik, lekin u bu hamkorlikka mamnuniyat bilan rozi boʻldi, uning ovozi [juda ham goʻzal], ey Xudoyim“.
Kompozitsiyasi „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ qoʻshigʻining soʻzlarini The Weeknd oʻzi yozgan va musiqasini Swedish House Mafia hamda Simon Franglen bilan birga bastalagan. Qoʻshiq chiqarilganidan beri musiqa va kino tanqidchilari uni „dramatik“ va „ulugʻvor“ ballada sifatida taʼriflab, unda „trance ohanglariga yaqin ritm va pulsni eslatuvchi sintezatorlar“, „madhiyasifat“ orkestr ohangi hamda naqarotida „momaqaldiroqdek“ zarbli cholgʻular mavjudligini qayd etganlar.
Musiqiy klipi „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ qoʻshigʻi uchun videoklip 2023-yil 16-yanvarda chiqarilgan. Suratga olish ishlari 2022-yil dekabrda Tailandning Krabi shahrida amalga oshirilgan. Klipdagi aktyorlarning aksariyati tailandlik.
Chartlar + „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ning chartlardagi oʻrni Chart (2022–2023) Eng yuqorioʻrin New Music (ARIA) 19 Singles Sales (OCC) 84 Hot Singles (RMNZ) 5 Download (Circle) 200 (HRT) 73 Hot Overseas (Billboard Japan) 6
Chiqarilish tarixi + „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ning chiqarilish tarixi Hudud Sana Format Leybl Har xil 2022-yil 15-dekabr
Manbalar
Turkum:2022-yil qoʻshiqlari Turkum:2022-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari