Jamila ( — goʻzal, suluv) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Jamila Abdullayeva — oʻzbek aktrisasi va modeli; Jamila Afghani — feminist va Afgʻonistonda ayollar huquqlari va taʼlimi boʻyicha jamoat faoli; Jamila Baspakova — qozogʻistonlik operachi; Jamila Oʻtegenova — Kamila Dosovna Oʻtegenovadan Qanish Imantayuli Satboevning qizi; Jamila Poʻlatova — o‘zbek olimi, ortoped-onkolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston onkologlar uyushmasi bosh kotibi; Jamila Rahmatova — oʻzbekistonlik sobiq badiiy gimnastikachi; Jamila Shermuhamedova — oʻzbekistonlik olima, falsafa fanlari doktori, professor; Jamila bint Advan — Muhammad paygʻambarning ajdodlaridan biri; Jamilaxon Yoʻldosheva — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari