Rasululloh keladi (Rasululloh keladur nomi bilan ham tanilgan) – Boborahim Mashrabning „Rasululloh keladi yoki Meʼroj“ gʻazali bilan kuylanadigan qoʻshiq.

Tarixi Boborahim Mashrabning ushbu gʻazali Turkistonda mashhur boʻlgan, lekin sovet davriga kelib taʼqiqqa uchragan. Shu vaqtlarda Alixontoʻra Sogʻuniy va uning oʻgʻli Qutlugʻxon Shokirov bilan birgalikda ushbu qoʻshiqni hofiz aka-uka Soʻfixonovlar ijrosida magnitofonga yozib olishgan. Oʻzbekiston mustaqilligi arafasida ilk marotaba Oʻzbekiston radiosi orqali eshittirilgan. Ushbu qoʻshiq Otabek Muhammadzohid, Farhod Saidov va boshqa hofizlar tomonidan yangidan ijro qilingan.

Gʻazal sharxi Ushbu gʻazal Meʼroj voqeasiga bagʻishlangan boʻlib, unda Muhammad paygʻambarning osmonlarga koʻtarilishi tasvirlangan. Matnda Jabroil, doʻzax va jannat farishtalari, shamol, daryolar va Azroil kabi ramziy timsollar orqali bu voqeaning ulugʻvorligi aks ettirilgan. Bundan tashqari, Muhammad paygʻambarning Alloh huzuriga chiqishi faqat ularga xos boʻlgan maxsus maqom sifatida taʼkidlangan. Shuningdek, Jabroilning Sidratul Muntaho chegarasida toʻxtashi esa bu chegaraning muhimligini koʻrsatgan. Gʻazal xotimasida shoir mahshar kunini tasvirlagan va o‘zini Muhammad paygʻambardan keyin ilohiy sahnaga qoʻshgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar