Vescera jangi (hozirgi Jazoirning Biskra shahri) – 682 yoki 683-yillarda qirol Kusayla boshchiligidagi rimlik-berberlar va ularning Karfagen eksarxligidan boʻlgan Vizantiya ittifoqchilari hamda Umaviy arab lashkari oʻrtasida kechgan jang. Qayravon shahri asoschisi Uqba ibn Nafiy boshchiligidagi Umaviy qoʻshini Shimoliy Afrikadan oʻtib, Atlantika okeanigacha yetib borgan, hatto janubda Dra va Sous daryolarigacha yurish qilgan. Qaytishda esa Vescera janubi Tehou (Thabudeos)da, berber-vizantiyaliklar ittifoqi tomonidan toʻsatdan hujumga uchrab, magʻlub etilgan va oʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:Vizantiya imperiyasi janglari Turkum:682