Abu Sobit () 900-yilda Abbosiylar xalifaligining Tarsusdagi noibi lavozimida qisqa muddat ishlagan. Noib Ibn al-Ixshod 899-yil oxiri — 900-yil boshlarida Vizantiya imperiyasiga qarshi harbiy yurishga otlanganda Abu Sobitni oʻz oʻrinbosari va vorisi etib tayinlab, shaharda qoldirgan edi. Ibn al-Ixshod yurish davomida oʻldirilgach, Abu Sobit noib lavozimini egalladi. Tez orada Vizantiyaning qarshi hujumi bilan yuzlashishga majbur boʻldi. Vizantiya qoʻshinlari 900-yil mart oyida Tarsus shahri darvozalariga qadar yetib kelgan edi. Abu Sobit vizantiyaliklarni Rayhon davozasigacha (nomaʼlum) quvib bordi, biroq shu yerda magʻlubiyatga uchrab, asir olindi. Tabariyga koʻra, Abu Sobit boshqa musulmon asirlar qatori dastlab Ikoniyaga, soʻngra Konstantinopolga olib ketilgan.
Abu Sobitning Tarsusga qaytgan oʻgʻli otasi uni voris etib tayinlaganini daʼvo qilib, noiblik lavozimini egallashga harakat qilgan. Biroq, Tarsus va uning atrofidagi tugʻur shaharlari oqsoqollari bunga qarshi chiqib, Ali ibn al-Arabiy nomzodini maʼqullashgan. Abu Sobitning oʻgʻli oʻz nomzodini majburan qabul qildirish uchun tarafdorlarini qurollantirsa-da, oxir-oqibat Ibn al-Arabiyni tan olishga rozi boʻldi. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:10-asrda vafot etganlar Turkum:Tarsusning Abbosiy noiblari Turkum:Arab — Vizantiya urushlari ishtirokchilari Turkum:Vizantiya imperiyasi harbiy asirlari