Enox (ibroniycha: חֲנוֹךְ‎ — Ḥanokh; yunoncha: Ἑνώχ — Henox) — Muqaddas Tavrot, Bibliya va Injilda tilga olingan shaxs boʻlib, Nuh toʻfonidan avvalgi davr patriarxlaridan biri hisoblanadi. U Yaredning oʻgʻli va Matushalaxning (Mutu’shalax) otasi boʻlgan. Enox Ibroniy Injilidagi toʻfondan oldingi (Antediluvian) davrida yashab oʻtgan.

Genesis (Tavrot) kitobiga koʻra, Enox 365 yil yashagan va soʻngra Xudo tomonidan olib ketilgan. Yozilishicha „Enox Xudo bilan yurdi. Keyin u yoʻq boʻldi, chunki Xudo uni olib ketdi“ (Ibtido 5:21–24) deb yozilgan. Bu soʻzlar baʼzi yahudiy va nasroniy anʼanalarida Enoxning tiriklayin jannatga koʻtarilg deb ishoniladi. Boshqa talqinlarda bu holat boshqacha izohlanadi.

Enox yahudiy va nasroniy anʼanalarida keng tilga olinadi. U „Enox kitobi“ muallifi deb hisoblanadi. Yangi Ahdda — Luqo Injili, Ibroniylarga maktub va Yahudo maktubi — Enox nomi eslatib oʻtiladi. Ayniqsa, Yahudo maktubida „Enox kitobi“dan toʻgʻridan-toʻgʻri iqtibos keltiriladi.

Enox Rim-katolik cherkovi, Sharqiy pravoslav cherkovi va Sharqiy monofizit cherkovlari tomonidan muqaddas aziz sifatida eʼzozlanadi.

Enoxning Idris paygʻambar bilan bogʻliqligi Ko'plab islomiy tafsir va rivoyatlarda bibliyaviy Enox shaxsi Idris payg'ambar bilan aynan bir shaxs deb qaraladi. Qur'onda Enox nomi to'g'ridan-to'g'ri uchramasa-da , musulmon mufassirlari va tarixchilarning aksariyati Idris bilan Enox o'rtasida o'xshalik borligini ta'kidlaganlar. Musulmon rivoyatlarida Idris: Ilm va hikmat egasi Yozuvni o'rgangan ilk insonlardan biri Astronomiya va hisob ilmlarini bilgan donishmand sifatida tasvirlanadi ba'zi manbalarda u qalan bilan yozgan birinchi inson deb ham tilga olinadi.

Etimologiya

Enox (ivritcha: חֲנוֹךְ — Ḥănōḵ) nomi borasida bir nechta etimologik talqinlar mavjud. Iskandariyalik Filo bu nomni ivritcha ḥēn („marhamat“, „inoyat“) soʻzidan kelib chiqib, „sening inoyating“ mazmunida izohlagan. Ierom esa uni ḥ-n-ḵ feʼlidan kelib chiqqan, yaʼni „tarbiyalamoq“, „bagʻishlamoq“, „tantanali tarzda boshlamoq“ maʼnolariga ega deb hisoblagan hamda nomga „bagʻishlangan“ degan maʼnoni yuklagan.

Zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan „izdoshi“, „tayinlangan / inauguratsiya qilingan“, shuningdek „donishmand“ yoki „zerk“ kabi maʼnolar ham taklif etilgan, .

Tashqi havolalar Enoch — Britannica ensiklopediyasi Enoch kim? — GotQuestions.org saytidagi diniy tahlil Enox kitobi (video) Enox kitobi Manbalar

Turkum:Islom paygʻambarlari