Amudaryo jangi – VII asrda Sosoniylar imperiyasi va Turk xoqonligining ittifoqchi qoʻshinlari hamda Eronni bosib olgan musulmon arab qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muhim jang. Sosoniylarning soʻnggi hukmdori Yazdigard III magʻlubiyatdan soʻng Oʻrta Osiyoga, soʻngra Xitoyga qochib ketgan.

Tarixi Xuroson Sosoniylar imperiyasining ikkinchi yirik viloyati boʻlib, hozirgi shimoli-sharqiy Eron, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlarini qamrab olgan. Viloyat poytaxti hozirgi Afgʻonistonning shimoliy qismida joylashgan Balx shahri edi. 651-yilda Xurosonni zabt etish vazifasi Ahnaf ibn Qays va Abdulloh ibn Amirning zimmasiga yuklatildi. Abdulloh Fors viloyatidan yurish boshlab, Ray orqali oʻtadigan qisqaroq va kamroq foydalaniladigan yoʻldan harakatlandi. Ahnaf esa shimolga qarab hozirgi Turkmaniston hududidagi Marv shahriga yoʻl oldiThe Muslim Conquest of Persia By A. I. Akram.. Marv Xurosonning poytaxti boʻlib, u yerda Yazdigard III ning saroyi bor edi. Musulmonlarning yurish qilayotganini eshitgan Yazdigard III Balx tomonga qochdi. Shunday qilib Marvda musulmonlarga hech qanday qarshilik koʻrsatilmadi va ular Xuroson poytaxtini jangsiz egallashga muvaffaq boʻldilar.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:Amudaryo Turkum:651