„Reflections Laughing“ () – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd, amerikalik repper va qoʻshiqchi Travis Scott hamda britaniyalik indie rok guruhi Florence and the Machine tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq XO va Republic Records orqali The Weekndning oltinchi studiyaviy albomi – Hurry Up Tomorrow tarkibida 2025-yil 31-yanvarda chiqarilgan. Trekni The Weeknd va Travis Scott, Mike Dean bilan birga yozgan va ishlab chiqqan, Metro Boomin, OPN va Nathan Salon ko-prodyuserlar sifatida ishlagan.

Kompozitsiyasi va matni Qoʻshiq fonida toʻsatdan telefon jiringlaydi va bir stakan viskidagi muzlar idish devoriga urilib ovoz chiqaradi, bu esa qoʻshiqchining ichki holati va stressi haqida soʻzlaydi. U oʻziga yuklangan ogʻir mas’uliyat, tashvishlar va hayotidagi qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz turadi.

satrlari uning ichki kurashini, qaygʻu va tashvishlarini yashirishga harakat qilishini va oʻz mavqeini yoʻqotishdan, shu jumladan, oʻz hukmronligini yoʻqotishdan qoʻrqishini ifodalaydi. Britaniyaning GQ jurnali jurnalisti Josiah Gogarty, qoʻshiqdagi Travis Scottning kuylaydigan qismida ishlatilgan „chopped and screwed“ effekti haqida shunday yozgan: „Uning ushbu trek paydo boʻlishi bizga Astroworld kabi katta loyihalarni boshqarishdan tashqari, ajoyib kupletlar ham yoza olishi mumkinligini eslatadi“. Billboard jurnalisti Carl Lamarre „Reflections Laughing“ni albomdagi eng yaxshi oʻn uchinchi qoʻshiq sifatida baholab, Weeknd va Travis Scott „yana bir bor ular nima uchun kuchli jamoa ekanliklarini isbotlashdi“ deb izohlab oʻtgan.

Xodimlar Maʼlumotlar Tidaldan olingan.

The Weeknd – vokal, klavishlar, dasturlash, qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Travis Scott – vokal, qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Florence and the Machine – vokal Chxrry22 – aytilgan soʻzlar Mike Dean – qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish, miksing, mastering OPN – sintezator, qoʻshimcha ishlab chiqarish Metro Boomin – ko-prodyuser Nathan Salon – qoʻshimcha ishlab chiqarish Tommy Rush – ikkichi muhandis, miksing Sage Skofield – vokal muhandis, vokal ishlab chiqarish Ethan Stevens – yozish

Chartlar + „Reflections Laughing“ning chartlardagi oʻrni Chart (2025) Eng yuqorioʻrin (ARIA) 75 Streaming (OCC) 72 (SNEP) 44 International (IFPI) 12 (Tónlistinn) 22 (FIMI) 74 (TOSAC) 62 (LaIPA) 14 (AGATA) 33 (Polish Streaming Top 100) 84 Hot Singles (RMNZ) 5 (Sverigetopplistan) 82

Manbalar

Turkum:2025-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Travis Scott qoʻshiqlari Turkum:Florence and the Machine qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar