„Wake Me Up“ () – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd va fransuz musiqiy dueti Justice tomonidan yaratilgan qoʻshiq. Trek XO va Republic Records leybllari orqali 2025-yil 31-yanvarda The Weekndning Hurry Up Tomorrow nomli oltinchi studiyaviy albomning ilk qoʻshigʻi sifatida chiqarilgan. Qoʻshiqqa The Weeknd va Justice, Mike Dean hamda Johnny Jewel bilan birgalikda prodyuserlik qilgan; yuqoridagi shaxslar, Belly va Vincent Taurelle qoʻshiqni birgalikda yozishgan. Bundan tashqari, qoʻshiqda Michael Jacksonning 1982-yilgi „Thriller“ nomli xit kompozitsiyasidan interpolyatsiya ishlatilgani sababli Rod Temperton ham vafotidan soʻng muallif sifatida belgilangan.

Kompozitsiyasi va matni The Independent nashrining jurnalisti Roisin OʻConnor bu qoʻshiqni „kanadalik qoʻshiqchining yaqinda taqdim etiladigan juda ulkan loyihasi – The Weeknd nomi ostidagi sirli davrning yakuniy boʻlimi sifatida xizmat qiluvchi, badiiy film davomiyligiga teng albom uchun kirish sahnasi“ deb taʼrifladi. Qoʻshiq sokin boshlanadi, soʻngra tezlashib, shoʻx tus oladi; uning shiddatli musiqiy asosi Michaell Jacksonning 1979-yilda chiqqan Off the Wall nomli beshinchi studiyaviy albomidagi uslubni, shuningdek Jermaine Jacksonning „Tell Me I’m Not Dreaminʼ (Too Good to Be True)“ qoʻshigʻini eslatadi.

Tanqidiy qabul Qoʻshiq tanqidchilar tomonidan keng eʼtirofga sazovor boʻldi. Clash nashridan Robin Murray „Wake Me Up“ qoʻshigʻini Hurry Up Tomorrow albomining „yorqin ochilishi“ deb atadi. Aksincha, Neil McCormick, Andrew Perry va Poppie Platt esa ushbu qoʻshiqni „gʻamgin ohangdagi kirish qismi“ deb taʼriflashdi. Billboard jurnalisti Carl Lamarre „Wake Me Up“ qoʻshigʻini albomdagi eng yaxshi qoʻshiqlar orasida oʻn ikkinchi oʻringa qoʻydi. U The Weekndning Michaell Jackson ijodiga boʻlgan mehrini va „Thriller“ qoʻshigʻidan olingan semplni eʼtirof etgan holda, ushbu kompozitsiyani „[The] Weeknd tomonidan meros, haqiqat va ruhiy tushkunlikni chuqurroq tadqiq qilishga bagʻishlangan besh daqiqalik musiqiy namoyish“ deb taʼrifladi. Shuningdek, u „[The] Weeknd pop-synthliik kirish qismini yuksak mahorat, yuqori aniqlik bilan ijro etadi“ deb yozgan.

Xodimlar Maʼlumotlar Tidaldan olingan:

The Weeknd – vokal, klavishlar, dasturlash, qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Mike Dean – gitara, sintezator, qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish, miksing, mastering Gaspard Michel Andre Augé – qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Xavier de Rosnay – qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Johnny Jewel – qoʻshiq yozish, ishlab chiqarish Sage Skofield – muhandis, vokal muhandisi, vokal ishlab chiqarish, miksing Tommy Rush – muhandis, ikkinchi muhandis, miksing Nathan Salon – dasturlash, muhandis Sean Solymar – muhandis Shin Kamiyama – muhandis Faris Al-Majed – yozish, ikkinchi muhandis Ahmad Balshe – qoʻshiq yozish Vincent Taurelle – qoʻshiq yozish Rod Temperton – qoʻshiq yozish

Chartlar +"Wake Me Up"ning chartlardagi oʻrniChart (2025)Eng yuqori oʻrin Avstraliya (ARIA)61 Buyuk Britaniya Singles Sales (OCC)74 Buyuk Britaniya Streaming (OCC)54 Fransiya (SNEP)28 Gretsiya International (IFPI)9 Hindiston International (IMI)13 Islandiya (Tónlistinn)15 Italiya (FIMI)57 Janubiy Afrika (TOSAC)59 Latviya (LaIPA)18 Litva (AGATA)25 Polsha (Polish Streaming Top 100)89 Yangi Zelandiya Hot Singles (RMNZ)4 Shvetsiya (Sverigetopplistan)52

Manbalar

Turkum:2025-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Justice qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar